Foto: Hussein Malla/AP/picture alliance
Livandagi «Hizbulloh» harakati 2 dekabr, dushanba kuni Isroil armiyasi pozitsiyalariga «o‘zini-o‘zi mudofaa qilish uchun ogohlantiruvchi zarba» berganini ma’lum qildi. Unda aytilishicha, Isroil Livanga havo hujumlari va o‘q uzish orqali o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzmoqda.
Isroil harbiylariga ko‘ra, «Hizbulloh»dan ikkita raketa uchirilgan, biroq qurbonlar yo‘q. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu zarbaga «qat’iy javob» berilishiga va’da berdi.
Avvalroq Livan rasmiylari Isroil qo‘shinlari bir necha aholi punktlarini o‘qqa tutgani, natijada kamida ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.
Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) da’vo qilishicha, harbiy mashinalarga «Hizbulloh» harbiy infratuzilmasi yaqinida, Bekaa vodiysi va Suriya bilan chegara yaqinida hujum qilingan. Isroil harbiylari hujumlardan birida livanlik askar yaralanganini tan oldi va voqea o‘rganilayotganini aytdi.
Livan parlamenti spikeri Nabih Berrining aytishicha, Bayrut hozirgacha Isroil tomonidan kamida 54 ta qoidabuzarlikni qayd etgan.
Ayni paytda Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar mamlakati o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzgani haqidagi xabarlarni rad etib, «Hizbulloh»ni Litani daryosidan janubga qurol va kuchlarni olib o‘tishda aybladi.
30 noyabr, shanba kuni SAHAL Isroil harbiy-havo kuchlari Suriyadan Livanga qurol olib o‘tishda faol foydalanilgani taxmin qilinayotgan Suriya va Livan o‘rtasidagi chegara o‘tish joylariga tutashgan «Hizbulloh» harbiy infratuzilma obyektlariga «razvedka zarbasi» yo‘llagani haqida xabar bergan edi.
UNRWA G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami yetkazib berishni to‘xtatdi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) o‘g‘irlik va transportni olib qochish holatlari ko‘paygani sababli G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami yetkazib berishni to‘xtatishga qaror qildi. UNRWA «qiyin qaror»ni 1 dekabr kuni e’lon qildi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 16 noyabr kuni gumanitar yordam olib ketayotgan yuk mashinalari karvoni qurolli to‘dalar tomonidan olib qochilgan. 30 noyabr kuni ham xuddi shunday hodisa yuz berdi: bir nechta oziq-ovqat tashuvchi mashinalar olib qochildi. «Gumanitar yordam xodimlari va yuklarini himoya etish mas’uliyati okkupatsiya qilayotgan davlat sifatida Isroil zimmasida. Ular G‘azo sektoriga yordamning xavfsiz oqimini ta’minlashi kerak», — deya ta’kidlaydi UNRWA. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘an Putin bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi
Bayden “Isroilga qarshi kitob” bilan omma oldida ko‘rindi
Xitoy Donald Trampning BRICS a’zolariga nisbatan tahdidlariga javob berdi
Ilon Mask: Amerika Qo‘shma Shtatlari bankrotlik yoqasida!
Boks bo‘yicha Osiyo chempionati. Adhamjon Muhiddinov xitoylik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi
La Liga. Mbappe va Bellingemning goli "Real"ga g‘alaba taqdim etdi (videosharh)
Zelenskiy: Ukraina hech qachon NATOga qisman a’zolikka rozi bo‘lmaydi
Yurak salomatligi uchun zamonaviy diagnostika: mobil angiograf xizmati joylarda