Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat joriy etilganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
U mamlakat muxolifatini Shimoliy Koreyaga hayrixohlik va hukumat ishini falaj qilishda aybladi, deb yozadi AFP.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, harbiy holat yordamida u erkin va demokratik mamlakat omillarini tiklash niyatida.
Avvalroq Yun Sok Yol hukumat bilan favqulodda yig‘ilish chog‘ida o‘ziga qarshi impichment jarayonini o‘tkazishga urinishlar haqida ma’lum qilgandi. Eslatib o‘tamiz, Rossiyaga KXDR askarlarini jo‘natish fonida Koreya yarimorolida ham vaziyat keskinlashmoqda.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi barcha turdagi qo‘shinlar qo‘mondonlariga jangovar shaylikni oshirishni buyurgan. Departament, shuningdek, «asosiy qo‘mondonlarni» yig‘ishga qaror qildi, deb xabar beradi Yonhap agentligi.
Janubiy Koreya prezidentiga muxolifatda bo‘lgan va parlamentdagi ko‘pchilikni nazorat qiluvchi Demokratik partiya deputatlarning favqulodda yig‘ilishini chaqirdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi
Xitoy Donald Trampning BRICS a’zolariga nisbatan tahdidlariga javob berdi
AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
Jurnalistlar uchun eng xatarli hudud
Rossiyada chet el fuqarosining raqamli profili yaratilmoqda
Livandagi sulh: «Hizbulloh» chegaradan uzoqlashishi kerak, ammo keyin nima bo‘ladi?
Jizzaxda “Kamaz” temiryo‘ldagi qizil chiroqqa bo‘ysunmay shlagbaumni urib o‘tib ketishga urindi
Bayden lavozimini tark etishi oldidan o‘g‘lini afv etdi