date
views 100

Makron iste’foga chiqish talabiga javob qaytardi

Makron iste’foga chiqish talabiga javob qaytardi
Foto: Associated Press
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron lavozimining oxirigacha iste’foga chiqish niyatida emasligini ma’lum qildi. Siyosatchining so‘zlarini Le Figaro gazetasi keltirmoqda.

Parlamentdagi muxolifat Makronning iste’fosini kutmoqda va muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga chaqirmoqda.

"Siz menga demokratik yo‘l bilan ishonib topshirgan mandat — bu besh yillik mandat va men uni oxirigacha to‘liq bajaraman", dedi Fransiya prezidenti.

Makronning so‘zlariga ko‘ra, uning mas’uliyati davlat uzluksizligini ta’minlash, institutlarning to‘g‘ri faoliyatini tashkil etish, Fransiya mustaqilligini va uning fuqarolarini himoya qilishdan iborat.

Fransiya hukumati iste’fosi

4 dekabr kuni parlament Mishel Barne hukumatiga ishonchsizlik votumini e’lon qildi: qarorni 574 deputatdan 331 nafari qo‘llab-quvvatladi. Oxirgi marta bunday ovoz berish 1962 yilda e’lon qilingan.

Bunga Barne konstitutsiyada mustahkamlangan huquqiga asosan budjet to‘g‘risidagi qonunni parlamentda muhokama va ovoz berishsiz tasdiqlagani sabab bo‘ldi. Budjet taqchillikni qisqartirish uchun 60 milliard yevro tejash ko‘zda tutilgandi.

O‘ta o‘ng va so‘l deputatlar Barnega qarshi ovoz berish uchun birlashdi. 5 dekabr kuni Barne Makronga iste’fo arizasini topshirdi. Prezident yaqin kunlarda yangi bosh vazir tayinlanishini ma’lum qildi, ammo uning nomi hali e’lon qilinmadi.

8 iyulda Fransiyaning o‘sha paytdagi bosh vaziri Attal parlament saylovlarida o‘ta so‘l kuchlarning g‘alabasi tufayli iste’foga chiqdi.
5 sentyabr kuni Makron Barneni yangi bosh vazir etib tayinlagan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Makron iste’foga chiqish talabiga javob qaytardi
-->