date
views 94

Lukashenkoda ham yadroviy qurolning «qizil tugmasi» borligi ma’lum bo‘ldi

Lukashenkoda ham yadroviy qurolning «qizil tugmasi» borligi ma’lum bo‘ldi
Foto: TASS
Aleksandr Lukashenkoda ham xuddi Vladimir Putindagi kabi «qizil tugma» bor. Bu haqda Belarus Xavfsizlik kengashi davlat kotibi Aleksandr Volfovich Ittifoq davlati Oliy davlat kengashi majlisi arafasida ma’lum qildi.

«Har bir prezidentning [Belarus va Rossiya — tahr.] o‘zini «qizil tugmasi», o‘z portfeli va yadroviy chamadoni bor», — deya Volfovichning so‘zlarini keltiradi BelTA.

Xavfsizlik kengashi davlat kotibining ta’kidlashicha, Belarus hududiga joylashtirilgan yadroviy quroldan faqat Lukashenkoning ruxsati bilan foydalanish mumkin, Rossiyada joylashgan qurollanish esa tabiiyki Putinning nazorati ostida.

Moskva va Minsk Belarus hududiga taktik yadroviy qurolni joylashtirish to‘g‘risidagi kelishuvga 2024 yilning mart oyida erishgan edi. Dastlabki yadroviy zaryadlar Belarusga iyunda yetib kelgan. Shu bilan birga, Aleksandr Lukashenko avgust oyida mamlakat Ittifoq davlatlarini chegarasi buzilmasa, yadroviy quroldan foydalanilmasligini ma’lum qilgandi.

5 dekabr kuni Vladimir Putin Rossiya TIVga Ittifoq davlatlari doirasida xavfsizlik kafolatlariga oid bitimni imzolashga qabul qilishni topshirdi. Hujjatda 19 noyabr kuni tasdiqlangan yangilangan yadroviy doktrinaning talablari ham inobatga olingan. Unda Rossiya yadroviy quroldan Belarus hududiga hujum uyushtirilgan taqdirda ham foydalanishi mumkinligi belgilangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenkoda ham yadroviy qurolning «qizil tugmasi» borligi ma’lum bo‘ldi