Foto: gov.uk
Britaniya armiyasi birinchi marta zirhli mashinaga o‘rnatilgan yuqori energiyali lazer qurolidan muvaffaqiyatli foydalandi. Uning yordamida uchuvchisiz uchish apparati muvaffaqiyatli yo‘q qilindi, deb xabar berdi Britaniya Mudofaa vazirligi.
Sinovdan o‘tgan qurol infraqizil yorug‘likning kuchli nurini energiya ko‘rinishida nishonga yo‘naltiradi. Nishonga olishning aniqligi ilg‘or sensorlar va kuzatuv tizimlari tomonidan ta’minlanadi. An’anaviy qurol turlaridan muhim afzallik - bu o‘q-dorilar soniga cheklovning yo‘qligi. Britaniya Mudofaa vazirligi bu lazer qurollarini mavjud qurollarga nisbatan tejamkorroq bo‘lishini ta’kidladi.
Sinovlar davomida lazer Britaniya va Ukraina armiyalari tomonidan foydalaniladigan Wolfhound ko‘pmaqsadli zirhli mashinasiga o‘rnatildi. Otishma Uels markazidagi Radnor poligonida sodir bo‘ldi.
«Energiya lazer qurolini namoyish qiluvchi qurilmaning muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilishi kelajakdagi imkoniyatlar sari muhim qadamdir. Bu texnologiya qurolli kuchlarimiz samaradorligini oshirib, hozirgi va kelajakdagi tahdidlarni yengish uchun ishonchli va tejamkor vositalarni taklif qilishi mumkin», dedi Mett Kork, qurolni ishlab chiqishda ishtirok etgan Hersa Dstl jamoasi rahbari.
Avvalroq, AQSH armiyasi birinchi bo‘lib jangovar sharoitlarda lazer qurollarini muvaffaqiyatli qo‘llagan edi. Laboratoriyalar va sinov maydonchalarida lazerlar 1970 yillardan beri nishonlarni muvaffaqiyatli yo‘q qilmoqda. Ammo haqiqiy jangda hali hech kim buni uddalay olmayotgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Mevalar qiroli" mangoning salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?
Konstitutsiyaviy sud: Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur
Tojikistonning Konibodomida bir oilaning 6 a’zosi o‘ldirib ketildi
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
Tadqiqot: Kunlik qahva iste’moli umrni uzaytirib, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi
O‘zbek shou-biznesi vakillari Halima Ibragimovani qanday xotirlamoqda?
Bashar Asadning yaqin qarindoshi osib o‘ldirildi
Isroilda bosh vazir Binyamin Netanyahu ustidan sud jarayoni boshlandi