17:13 / 12.12.2024
33

Rossiya Yevropa Ittifoqi va AQSHdan snayper miltiqlarini qanday olyapti?

Rossiya Yevropa Ittifoqi va AQSHdan snayper miltiqlarini qanday olyapti?
Foto: Sergey Petrov/NEWS.ru/globallookpress.com/picture alliance
Rossiya Yevropa Ittifoqi va AQSHdan sanksiyalarni chetlab o‘tib, sobiq SSSR davlatlari orqali snayper miltiqlari va o‘q-dorilarini olishda davom etmoqda. Bu xulosa 11 dekabr, chorshanba kuni The Insider (Rossiya), Investigace (Chexiya), IrpiMedia (Italiya) va "Vlast" (Qozog‘iston) tomonidan chop etilgan qo‘shma surishtiruvda keltirilgan.

Jurnalistlar egallab olingan Qrimdagi rossiyalik snayperlar arsenalidan Desert Tech SRS (AQSH), Accuracy International AXSR (Buyuk Britaniya) va Steyr Mannlicher SSG (Avstriya) kabi miltiqlarni topdi. Snayperlar musobaqalarining ochiq ma’lumotlariga ko‘ra, ularning aksariyati G‘arb miltiqlari va patronlarini afzal ko‘radi. Mahalliy analoglar o‘q otish masofasi past va ularni ishlab chiqarish armiya ehtiyojlarini qondirolmaydi, deb yozadi The Insider.

Miltiqlar eksporti sezilarli darajada oshdi

Surishtiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, G‘arb qurollari Rossiya Federatsiyasiga postsovet davlatlari orqali kirib keladi. Xalqaro statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi, Turkiya va AQSHdan Armaniston, Gurjiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga miltiqlar eksporti 2020 yildan 2023 yilgacha 2,7 barobarga oshib, 53 211 donani tashkil qildi.

Misol uchun, Italiyadan Armanistonga miltiq eksporti 2019 yildagi 68 ta quroldan 2023 yilda 1862 tagacha oshgan. Qirg‘iziston 2020 va 2021 yillarda Italiyadan umuman qurol sotib olmagan. 2022 yilda yetkazib berish 882 tani, 2023 yilda esa 4434 donani tashkil etdi.

Bloomberg AQSHdan RFga mikrochiplarni yetkazish sxemasi haqida ma’lum qildi

Rossiya harbiylari AQSHdan qurol yasashda ishlatiladigan chiplarni sotib olishning «ajablanarli darajada oddiy» usulini topdi, deb topdi Bloomberg. 9 dekabr kuni chop etilgan surishtiruvga ko‘ra, buning uchun Rossiya Federatsiyasidagi distribyutorlar Texas Instruments (TI) Amerika ishlab chiqaruvchisi onlayn-katalogini klonlashdi.

Rossiya distribyutorlari rasmiy TI onlayn-do‘konidagi ma’lumotlarni o‘z veb-saytlariga integratsiyalashgan, bu esa mahsulotning oxirgi xaridorini tasdiqlashni talab qilmaydi. Bloomberg nashri yozishicha, «o‘tkazish» saytlari orqali Rossiya Federatsiyasi kompaniyalari markazlashtirilmagan tartibda chiplarga «bir necha marta bosish orqali» buyurtma berishadi va ularni uchinchi mamlakatlar orqali kichik partiyalarda olishadi. Buyurtmalarning kelib chiqishi Amerika kompaniyasidan yashirin bo‘lib chiqadi.

Jurnalistlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-avgust oylarida ushbu sxema bo‘yicha 6 million dollarlik yarimo‘tkazgich mahsulotlari xarid qilingan bo‘lib, shundan 4 million dollari aynan harbiy-sanoat kompleksi ehtiyojlariga yo‘naltirilgan. Yetkazib berish va to‘lash uchinchi davlatlar orqali amalga oshirildi va chiplar Rossiyaga Sea Global SCM yuk kompaniyasi hamda «Aeroflot» tomonidan yetkazilgan. Bu nisbatan oddiy chiplar Rossiyaning qurol ishlab chiqarish qobiliyatida markaziy rol o‘ynaydi, deya qayd etadi agentlik.

AQSH hukumati chip ishlab chiqaruvchilarni o‘z texnologiyalarini Rossiya harbiylari qo‘lidan saqlashda ehtiyot bo‘lishlari kerakligi haqida ogohlantirdi. Sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan eshituvlarda senator Richard Blyumental kompaniyalar «Rossiyaga texnologiyalardan foydalanishdan foyda olishiga bila turib to‘sqinlik qilmayapti», deb ta’kidlagan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Yevropa Ittifoqi va AQSHdan snayper miltiqlarini qanday olyapti?