07:30 / 14.12.2024
20

Bayden Ukrainaga minglab raketa va snaryadlarni yuborishni xohlamoqda

Bayden Ukrainaga minglab raketa va snaryadlarni yuborishni xohlamoqda
Foto: Getty Images
AQSH Jo Bayden prezidentligining so‘nggi haftalarida Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni ko‘paytirish uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Bu haqda Oq uyning yuqori martabali vakiliga tayanib, CNN xabar berdi.

«Mudofaa vazirligi keyingi besh hafta davomida Ukrainaga katta hajmdagi qurollanishni yuborish bo‘yicha tarixiy tashabbusni amalga oshiradi. Yanvar o‘rtalariga qadar biz yuz minglab artilleriya snaryadlari, mingta raketa, yuzta zirhli texnika va boshqa muhim uskunalarni yuboramiz», — deydi Amerika administratsiyasining ismi oshkor etilmagan vakili.

Yetkazib berishlar bo‘yicha mazkur sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish bilan Baydenning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan shug‘ullanmoqda. Pentagon yetkazib berishlar o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun dengiz va havo marshrutlaridan faol foydalanadi.

Shunga qaramay manbaning ta’kidlashicha, Ukrainaning asosiy muammosi qurol-yaroq emas, balki tirik kuchlar yetishmasligida. 2025 yilda Ukraina maksimal kuchli pozitsiyada bo‘lishi uchun Oq uy kadrlar masalasiga e’tibor qaratmoqda: «Biz safarbar etilgan askarlarga o‘qitishga tayyormiz: agar Ukraina qo‘shimcha kuchlarni safarbar etishga va ularni mamlakatdan tashqaridagi o‘quv poligonlariga yuborishga qaror qilsa, biz kerakli tayyorgarlik bilan ta’minlaymiz. Ammo safarbarlikni kengaytirish qarorini Ukrainaning o‘zi qabul qilishi kerak».

12 dekabr kuni Bayden Ukrainaga 500 million dollarlik harbiy yordam paketini tasdiqladi. U HIMARS uchun o‘q-dorilar, 105 va 155 millimetrli artilleriya snaryadlari, Javelin va AT-4 tankka qarshi tizimlari, granatalar, kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy tahdidlar himoya vositalarini o‘z ichiga oladi.

Avvalroq Bayden administratsiyasi Ukrainaga safarbarlikka jalb etish yoshini 25 dan 18 yoshga tushirishni maslahat bergan edi. Ammo Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ushbu tashabbusni rad etib, muammo askarlar sonida emas, balki brigadalar yetarlicha ta’minlamaganida ekanini aytgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Ukrainaga minglab raketa va snaryadlarni yuborishni xohlamoqda