Foto: Reuters
Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad qochib ketishdan avval o‘ziga yaqin bo‘lganlarni Rossiya harbiy yordami kelayotganiga ishontirgan va hatto qarindoshlariga ham xabar bermasdan aeroportga yashirincha jo‘nab ketgan. Bu haqda Reuters yozdi.
Asad qochib ketishidan bir necha soat oldin Mudofaa vazirligida 30 nafarga yaqin armiya va xavfsizlik yetakchilarini yig‘ib, majlis o‘tkazgan. Sobiq prezident ularni Rossiya harbiy yordami yo‘lda ekanligiga ishontirib, quruqlikdagi harbiy kuchlarni pozitsiyalarni ushlab turishga chaqirgan. Reuters ushbu yig‘ilishda ishtirok etgan qo‘mondonlardan biriga tayanmoqda.
Asad prezident devonidagi boshqaruvchiga uyga ketayotganini aytgan, lekin yashirincha aeroportga yo‘l olgan. Asad o‘z matbuot kotibini bayonot tayyorlash uchun uyiga chaqirgan. Matbuot kotibi yetib kelgach, u yerda hech kim yo‘qligini ko‘rgan.
Asad Rossiyaga ketayotganini hatto elita diviziya qo‘mondoni, ukasi Mohirga ham aytmagan. Keyinchalik Mohir vertolyotda Iroqqa qochgan, u yerdan Rossiyaga uchgan. Asad, shuningdek, amakivachchalari Ihob va Iyoz Maxlufni ham tashlab ketgan. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Ihob o‘ldirilgan, Iyozning taqdiri noma’lum.
Asadning o‘zi Damashqdan Rossiyaning Lazqiyadagi Xmeymim bazasiga transponderi o‘chirilgan samolyotda uchgan. U yerdan Moskvaga uchib ketgan. Reuters manbalariga ko‘ra, uning rafiqasi Asmo va uch farzandi o‘sha paytda allaqachon Moskvada bo‘lgan va Asadning kelishini kutishgan.
Isyonchilar va aholi tomonidan Asadning saroyidan olingan videolarda uning uydan shoshib chiqib ketganiga ishoralar bor, xususan, qozonda qolgan tayyor ovqat va sochilib yotgan oilaviy fotoalbomlar kabi shaxsiy buyumlari. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Konstitutsiyaviy sud: Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur
Osiyo chempionati yakuni. O‘zbek boksi Osiyoda tengsiz bo‘ldi!
Osiyo chempionati. Adhamjon Muhiddinov mezbonlar vakilini yengib oltin medalga sazovor bo‘ldi!
Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad saroyida hadyalarga to‘la xona topildi (foto)
Avstriya vataniga qaytishni istagan suriyalik qochqinlarga 1000 yevrodan to‘laydi
Zelenskiy Ukrainada ishlab chiqarilgan yangi qurollar haqida nimalar dedi?