17:00 / 14.12.2024
36

«Tolibon» vaziriga qarshi suiqasdni kim uyushtirgani ma’lum bo‘ldi

«Tolibon» vaziriga qarshi suiqasdni kim uyushtirgani ma’lum bo‘ldi
Vashington Xalil ar-Rahmon Haqqoniy haqidagi ma’lumot uchun 5 mln dollar va’da qilgan edi.

ISHID terror tashkiloti «Tolibon» muvaqqat hukumatining muhojirlar ishlari bo‘yicha vaziri Xalil ar-Rahmon Haqqoniyning o‘limiga olib kelgan terakt uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi, deb xabar berdi TRT.

Terrorchi tashkilot suiqasdning asosiy nishoni aynan Xalil ar-Rahmon Haqqoniy bo‘lganini ma’lum qilgan.

11 dekabr kuni Kobulda muhojirlar ishlari bo‘yicha vazirlik binosida ro‘y bergan portlash oqibatida vazir Haqqoniy va yana bir necha kishi halok bo‘lgandi.

Xavfsizlik tizimini aylanib o‘tgan holda vazirlik binosi ichiga kirishga muvaffaq bo‘lgan xudkush shaxs Haqqoniy qo‘riqchilari hamrohligida binodan chiqayotgan paytda beliga bog‘langan bombani portlatgan.

58 yoshli muhojirlar ishlari bo‘yicha vazir Haqqoniylar xonadonining taniqli vakillaridan biri bo‘lgan. U amaldagi ichki ishlar vaziri Sirojiddin Haqqoniyning amakisidir.

Afg‘oniston hokimiyatiga toliblar harakati kelgan 2021 yil avgust oyidan buyon mamlakatda bir necha terakt sodir etildi. Ammo vazir darajasidagi mansabdorning qo‘poruvchilik harakati qurboni bo‘lishi ilk bor kuzatilmoqda. Shunga ko‘ra ayrim tahlilchilar so‘nggi teraktni ISHIDning Haqqoniylar oilasiga qarshi urush ochgani alomati deb baholamoqda.

Xalil ar-Rahmon Haqqoniy«Tolibon» harakati uchun mablag‘ yig‘ishda muhim o‘rin tutgani, xususan, Ko‘rfaz mamlakatlari bilan yaqin aloqalarga ega bo‘lgani aytiladi.

Avvalroq Xalil ar-Rahmon Haqqoniyga qarshi suiqasdda Pokistonning qo‘li borligi haqida taxmin ilgari surilgandi.

«E’tiborli jihati, Xalil ar-Rahmon Haqqoniy suiqasdini qoralagan yagona davlat ham hozircha Pokiston bo‘lib turibdi. Pokiston Tashqi ishlar vaziri Is'hoq Dar X sahifasida bu voqeadan «chuqur hayratda ekanligi, terrorizmning har qanday ko‘rinishlarini qoralashi va Afg‘oniston muvaqqat hukumati bilan aloqada ekanligi»ni ma’lum qilgan.

Agarda avvallari Xalil ar-Rahmon Haqqoniyning birodari Jaloliddin Haqqoniy (Haqqoniy tarmog‘i asoschisi) bilan Pokiston razvedka tashkilotining aloqalari bo‘lgani hisobga olinsa, yuqoridagi suiqasddan taxminiy 2 ta xulosani keltirish mumkin: yoki «Haqqoniy tarmog‘i» hozirda Pokiston razvedkasi bilan butunlay aloqani uzgan va boshqa tashkilotlar uchun ishlayapti, yoki hokimiyat uchun ichki kurash kuchayishi sharoitidan kelib chiqilsa, bu suiqasd ishida «Tolibon» yetakchisini o‘zining qo‘li bor
», – deb yozgan edi o‘zbekistonlik sharqshunos-afg‘onshunos Suhrob Bo‘ronov.

AQSH hukumati marhum Xalil ar-Rahmon Haqqoniyni Afg‘onistonda so‘nggi yigirma yilda sodir etilgan bir necha yirik teraktga aloqador deb topgan va uni hibsga olishga ko‘mak beradigan ma’lumot uchun 5 mln dollar mukofot e’lon qilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» vaziriga qarshi suiqasdni kim uyushtirgani ma’lum bo‘ldi