Foto: Mircare
Ruminiya va Bolgariya 2025 yilning 1 yanvaridan Shengen zonasining teng huquqli a’zolariga aylanadi. Bu mamlakatlarning to‘liq integratsiyalashuvi uchun Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ichki ishlar vazirlari ovoz bergani haqida Euro Puls yozmoqda.
31 martda Ruminiya va Bolgariya Shengen zonasiga qisman qo‘shilgan, vizasiz tartib faqat aeroportlar va dengiz portlari orqali chegaralardan o‘tuvchilarga tatbiq etilib, quruqlikdagi chegaralarda nazorat saqlab qolingandi. 1 yanvardan ruminlar va bolgarlar uchun Yevropa darvozalari har tomonlama ochiladi.
Ma’lumot uchun: Shengen zonasi 1985 yilda paydo bo‘lgan. Ayni paytda Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlari (Kipr va Irlandiyadan tashqari) Shengenga qo‘shilgan. Qolaversa, Islandiya, Norvegiya, Shveysariya va Lixtenshteyn ham ushbu zonaga qo‘shilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Konstitutsiyaviy sud: Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Dubayda “yadroviy beshlik” davlatlar vakillari uchrashdi
Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha yuqori darajadagi haftalik bo‘lib o‘tadi
Jahon chempionati: Sharofiddin Amriddinov oltin medalni qo‘lga kiritdi