Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakillari mamlakat elchixonasi diplomatlari bilan birgalikda yurtdoshlar vaqtincha ishlayotgan EUROSPAR kompaniyasiga (supermarketlar tarmog‘i) tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ishchi guruh ish beruvchi tomonidan yaratilgan mehnat sharoitlarini monitoring qilish va o‘rganish maqsadida EUROSPAR supermarketlar tarmog‘i obyektlarida ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Vatandoshlar bilan muloqotda Rossiyaning migratsiya qonunchiligi normalariga rioya qilish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, mamlakatda amalga oshirilgan migratsiya sohasidagi o‘zgarishlar haqida aytib o‘tildi.
Mazkur kompaniya rahbariyati bilan kechgan suhbatda xavfsiz va tartibli mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish, keyinchalik o‘zbekistonliklar ish o‘rinlari sonini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
EUROSPAR Niderlandiyaning eng yirik supermarketlar tarmog‘i hisoblanadi. Birinchi rus SPAR savdo tarmog‘i 2001 yilda Nijniy Novgorodda ochildi. Bugungi kunda Rossiyaning 12 hududida ushbu brend ostidagi 200 dan ortiq supermarketlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Moskva shahridagi EUROSPAR supermarketlar tarmog‘ida 320 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi ishlaydi. Ular kuniga uch mahal issiq ovqat, yuqori turmush sharoiti, munosib ish haqi bilan ta’minlangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Namanganda xalqaro ko‘rgazma: qiymati xonadonga teng otlar, 200 kiloli qo‘ylar va osmonga uchirilgan kabutarlar (foto, video)
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Energetika vaziri iqtisodchi-bloger ustidan IIV va prokuraturaga shikoyat arizasi yozdi
Ukraina razvedkasi: KXDR harbiylari Kurskda rus jangchilarini otib qo‘ydi
Tatariston O‘zbekistondan mehnat migrantlarini jalb etadi