12
Ramzan Qodirov Asad rejimini ag‘dargan HTSHni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarishni taklif qildi
Foto: Getty Images
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya Suriyadagi gumanitar falokatning oldini olishi kerakligini aytdi. Uning fikricha, buning uchun Rossiya va yangi hokimiyat o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda “Hayat Tahrir ash-Sham” (HTSH) guruhini taqiqlangan terroristik tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish tartib-taomilini yo‘lga qo‘yish lozim.
“Ijobiy jarayonlarni boshlash uchun Hayat Tahrir ash-Sham va uning vakillarini Rossiyaning terroristik tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish tartibini ishga tushirish zarur. Bu jarayonning boshlanishi yoki tugashini kutmasdan, ikki mamlakat o‘rtasida dastlabki aloqalarni o‘rnatish hamda muammolarni hal qilishni boshlash imkonini beruvchi aloqa guruhining ishini zudlik bilan tashkil etish muhim”, deb yozadi Qodirov o‘zining Telegram kanalida.
Uning qayd etishicha, bu inqirozdan tezroq chiqish va aholiga yordam berishga imkon yaratuvchi jahon amaliyotidir. Shuningdek, u Chechenistonda yashab, mehnat qilayotgan suriyalik fuqarolarni aloqa guruhiga jalb etishni taklif etdi.
10 dekabr kuni Davlat dumasi birinchi o‘qishda, agar tashkilot g‘ayriqonuniy faoliyatini to‘xtatgan bo‘lsa, uni terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatidan chiqarish mexanizmini joriy etuvchi qonun loyihasini qabul qildi. Rossiyada amaldagi qonunchilik tashkilotlarni mazkur ro‘yxatdan chiqarish imkoniyatini nazarda tutmaydi.
Aleppodagi Suriya muxolifati jangchilari
Foto: AP Photo
“Hayat Tahrir ash-Sham” boshchiligidagi qurolli guruhlar noyabr oyi oxirida Suriyaga hujum boshlagan edi. Ikki haftadan kamroq vaqt ichida ular Damashqqa kirib, mamlakat hokimiyatini egalladi. 12 dekabr kuni Rossiya guruhning siyosiy qo‘mitasi bilan aloqalar o‘rnatgani haqida ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Namanganda xalqaro ko‘rgazma: qiymati xonadonga teng otlar, 200 kiloli qo‘ylar va osmonga uchirilgan kabutarlar (foto, video)
Chorvoq suv ombori bo‘yida xalqaro turizm markazi quriladi
Ukraina Qurolli kuchlarining «Donetsk» guruhi qo‘mondoni almashtirildi
Yaponiyada yarim asr ichida ilk bor kit go‘shti uchun kimoshdi savdolari o‘tkazildi
Abbosbek Fayzullayevga “top-5” ligalariga bormaslik tavsiya qilindi