© Sputnik / Aleksey Mayshev
Rossiya Qurolli kuchlari 2024 yilda mamlakat rahbariyati tomonidan qo‘yilgan barcha vazifalarni bajardi. Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Qurolli Kuchlarning joriy yildagi faoliyatini sarhisob qilar ekanman, mamlakat rahbariyati tomonidan belgilangan barcha vazifalar bajarilganini qayd etmoqchiman”, — dedi u xorijiy davlatlar harbiy attashelari uchun o‘tkazilgan brifingda.
Uning aniqlik kiritishicha, qurol-yarog‘ va harbiy texnika yangilanmoqda, boshqaruv tarkibi va bo‘linmalarining tayyorgarlik darajasi oshmoqda.
Maxsus operatsiya davomida aviatsiya, havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va boshqa harbiy bo‘linmalardan foydalangan holda turli tuzilmalar tomonidan jangovar harakatlarni amalga oshirishda katta amaliy tajriba to‘plandi.
Maxsus harbiy operatsiya maqsadlariga albatta erishiladi, dedi Gerasimov. Bosh shtab boshlig‘ining ta’kidlashicha, Rossiya qo‘shinlari potensial dushmanning imkoniyatlari, uning jang maydonidagi taktikasi, G‘arbda ishlab chiqarilgan qurollarning kuchli va zaif tomonlari haqida aniq tushunchaga ega.
“Biz nima qilish kerakligini va hal qilinishi kerak bo‘lgan vazifalarni bilamiz. Kelgusida biz global va mintaqaviy miqyosda vaziyatni barqarorlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, mamlakatimizning tinch ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash uchun armiya va flotning izchil va mutanosib rivojlanishi ustida ishlashni davom ettiramiz”, — deya qo‘shimcha qildi u. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi