Foto: AP Photo
Kurdlarning “Demokratik Suriya kuchlari” (DSK) koalitsiyasi harbiy rahbari Mazlum Abdi Suriya-Turkiya chegarasida joylashgan Ayn-al-Arab hududida (Kobani nomi bilan ham mashhur) demilitarizatsiya zonasini tashkil etishni taklif qildi.
Abdi ular o‘t ochishni to‘xtatish tartibiga sodiqligini aytib, Turkiyaning o‘z chegaralari xavfsizligi bo‘yicha tashvishlarini kamaytirish maqsadida shunday hududni tashkil etishga tayyorligini bildirdi.
“Suriyaning butun hududida o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish bo‘yicha qat’iy niyatimizni tasdiqlash uchun AQSH nazorati ostida xavfsizlik kuchlarini joylashtirgan holda Kobani shahrida demilitarizatsiya zonasini yaratish taklifini ilgari suramiz”, deyiladi xabarda.
9 dekabr kuni Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan “Suriya ozod armiyasi” tuzilmalari Kobani va Manbijdagi kurdlar pozitsiyasiga hujum boshladi. AQSH va Turkiya kelishuviga asosan to‘qnashuvlar haftaning oxirigacha to‘xtatildi.
2019 yilda Turkiya Suriyaning Haseke va Raqqa provinsiyalarida “Tinchlik manbai” operatsiyasini o‘tkazib, chegara bo‘ylab 30 kilometrlik xavfsizlik zonasini yaratdi. 2016-2017 yillarda “Furot qalqoni” operatsiyasi Aazaz, Jerablus va El-Bab shaharlari o‘rtasida shunga o‘xshash hududning yaratilishiga olib keldi. 2018 yilda esa turk qo‘shinlari kurd kuchlariga qarshi yo‘naltirilgan “Zaytun novdasi” operatsiyasi davomida Afrinni egalladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi