Foto: Reuters
Ukraina hududiga tinchlikparvar kuchlar yuborilsa, Germaniya chetda turmaydi. Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Funke nashriga bergan intervyusida bu haqda ma’lum qilgan.
“Germaniya Yevropadagi eng yirik NATO davlati va Yevropaning eng yirik iqtisodiyoti sifatida bunga befarq turmaydi”, dedi u.
Shu bilan birga, Pistorius mojaro tugamaguncha Ukraina hududida nemis askari bo‘lmasligini ham ta’kidladi. Uning fikricha, Moskva va Kiyev uchinchi tomon ishtirokida Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yuborish haqida kelishib olishi kerak.
"Bu borada hali ochiq savollar juda ko‘p", deya qo‘shimcha qildi Pistorius.
Avvalroq Yevropa davlatlari o‘t ochish to‘xtatilganidan keyin Ukrainaga 100 minggacha qo‘shin yuborishni muhokama qilayotgani xabar berilgandi.
Reuters'ning ukrainalik manbalaridan biri Yevropaning tiyib turuvchi kuchlari besh-sakkizta davlatdan iborat bo‘lishi mumkinligini aytgan. Ayrim tahlilchilar Yevropa kontingenti tarkibida 40 mingga yaqin harbiy bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi.
Xalqaro strategik tadqiqotlar institutida ishlaydigan Avstriyaning sobiq harbiy mutaxassisi Frans-Stefan Gadi fikricha, rotatsiyaga taxminan 100 ming harbiy jalb etilishi mumkin. Ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan Yevropa xavfsizlik ofitseri ham bu fikrga qo‘shilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”
General Kirillovning qotillik ishi ochilishida O‘zbekiston tomoni ham ishtirok etadi
Rossiyalik harbiylar Kiyevga ballistik raketa bilan hujum qildi
Putin Suriyadagi vaziyatdan foyda ko‘rgan davlat nomini aytdi
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga ultimatum qo‘ydi