23:29 / 21.12.2024
237

Ukraina Rossiya pozitsiyalariga ilk marta yerda harakatlanadigan robotlar bilan hujum qildi

Ukraina Rossiya pozitsiyalariga ilk marta yerda harakatlanadigan robotlar bilan hujum qildi
Ukraina armiyasi Rossiyaga qarshi harbiy operatsiyada ilk marta piyoda askarlar o‘rniga faqat robotlashtirilgan yerusti tizimlaridan foydalandi. Bu haqda Urushni o‘rganish instituti (ISW) Ukraina harbiylariga tayanib xabar bermoqda.

Foto: The Moscow Time
ISW ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina bo‘linmalari Xarkovdan shimolda joylashgan Lipsi qishlog‘i yaqinida Rossiya qo‘shinlarining pozitsiyalariga hujum qilgan. Operatsiyada robotlashtirilgan platformalar, jumladan, pulemyotlar bilan jihozlangan yerusti dronlari, hududlarni aniqlovchi hamda minalardan tozalovchi dronlardan foydalanilgan. Ushbu hujumda Rossiya kuchlarining pozitsiyalari yo‘q qilingan.

Ukraina tomoni avvalroq bir necha bor texnologik innovatsiyalardan foydalanish inson kuchi tanqisligini qoplash imkonini berishini ta’kidlagan.

Rossiya kichik hududlarni bosib olish uchun katta yo‘qotishlarga duch kelmoqda”, deb ta’kidlaydi ISW.

Urushni o‘rganish institutining qayd etishicha, Ukraina dronlar ishlab chiqarishni faol rivojlantirish va takomillashtirishda davom etmoqda. Ukraina QK Bosh shtabi optik tolali kabellar asosida ishlaydigan yangi dronlarni sinovdan o‘tkazganini ma’lum qilgan.

Foto: RBK
Aniqlanishicha, bunday qurilmalar Rossiya tomonidan keng qo‘llaniladigan radioelektron kurashga ancha chidamli.

Avvalroq Buyuk Britaniya mudofaa vaziri o‘rinbosari Lyuk Pollard 2025 yildan boshlab “dronlar koalitsiyasi” va “dengiz koalitsiyasi”ga a’zo davlatlar Ukrainaga turli xildagi “o‘n minglab” dronlar yetkazib berishni boshlashini ma’lum qilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Rossiya pozitsiyalariga ilk marta yerda harakatlanadigan robotlar bilan hujum qildi