Foto: Cpl Nathan Tanuku/Army
Britaniyalik harbiy xizmatchilar o‘z maoshi oshirilayotganiga qaramay armiyadan ommaviy ravishda ketishni boshladi, deb xabar bermoqda The Telegraph gazetasi.
Ta’kidlanishicha, yozda mamlakat hukumati qurolli kuchlardagi inqirozga qarshi kurashish doirasida harbiylarning maoshlarini oshirish bo‘yicha qaror qabul qilgan, ammo bu kutilgan natijalarga erishishga olib kelmagan.
«Askarlar xavotir uyg‘otadigan tezlikda qurolli kuchlarni tark etmoqda. Buyuk Britaniya tarixida ilk bor ming kishiga atigb ikki nafar harbiy xizmatchi to‘g‘ri kelmoqda», — deyiladi materialda.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda 15 mingdan ortiq askar armiyadan ketgan — ularning 8 mingga yaqini o‘z xohishiga ko‘ra harbiy xizmatchilar safidan bo‘shatilgan.
«Askarlar hukumatning maoshni 6 foizga oshirish kabi tashabbuslariga qaramay, harbiy xizmatdan bo‘shamoqda. Britaniyada harbiylik kasbi davlat xizmatchilar orasi eng kam maosh to‘lanadigan soha bo‘lib qolmoqda», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, mamlakatda oddiy askarning maoshi 2011 yildan beri 1,9 foizga oshgan xolos. Ammo bu davrda endi ish boshlagan shifokorlarning maoshi 13,39 foizga, poyezd mashinistlarining maoshi esa 10,14 foizga ko‘tarilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada Rojdestvo yarmarkasida terakt sodir etildi
General Kirillovning qotillik ishi ochilishida O‘zbekiston tomoni ham ishtirok etadi
Mask Ukrainaga yordam berishni AQSHning eng yomon qarorlaridan biri deb atadi
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
Jakartada "Imom Buxoriy: O‘zbekiston islom san’ati" ko‘rgazmasi ochildi
Putin Suriyadagi vaziyatdan foyda ko‘rgan davlat nomini aytdi
Turkiy davlatlar feyk va dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashadi
Ilon Mask: “Yevropa davlatlari yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida”