14:05 / 23.12.2024
18

Bashar Asadning rafiqasi nega ajrashishga ariza berdi?

Bashar Asadning rafiqasi nega ajrashishga ariza berdi?
Foto: AFP
Suriya prezidenti Bashar Asadning rafiqasi Asma Asad ajrashish uchun Rossiya sudiga ariza berdi va davolanish uchun Buyuk Britaniyaga ketmoqchi. Bu haqda Haber Turk xabar berdi.

Asma Asad qon saratonining og‘ir shakliga chalingan. U davolanish uchun turmushga chiqqunga qadar yashagan Britaniyaga bormoqchi. Turk nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Asma Asad mamlakatga kirish uchun eri bilan ajrashishi kerak. Chunki “ajrashish mamlakatga kirish uchun asosiy shart” hisoblanadi.

Shuningdek, Asma Asad sud orqali Moskvadan chiqib ketishga ruxsat olmoqchi. Biroq amaldagi taqiqning aniq sabablari oshkor etilmagan. Taxminlarga ko‘ra, bu Rossiyada boshpana olish uchun hujjatlar vaqtincha olib qo‘yilgani bilan bog‘liq. Bashar Asadning o‘zi Rossiyada qattiq cheklovlarga duch kelayotgani aytilmoqda.

Unga Moskva hududini tark etish va biron-bir siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlangan. Bundan tashqari, Rossiya hukumati Bashar Asadning moliyaviy aktivlariga kirishni muzlatib qo‘ygan. Shunga o‘xshash holat uning ukasi Mohir Asadga ham tegishli bo‘lib, uning boshpana olish haqidagi arizasi hali ham ko‘rib chiqilmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin sobiq suriyalik hamkasbi Moskvaga kelganidan beri u bilan hali uchrashmagan. Ammo buni yaqin vaqtlarda amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bashar Asadning rafiqasi nega ajrashishga ariza berdi?