00:30 / 25.12.2024
58

Bayden Putinga «xayrlashuv zarbasi» tayyorlamoqda...

Bayden Putinga «xayrlashuv zarbasi» tayyorlamoqda...
Foto: The Washington Post
Jo Bayden prezidentlik muddatining so‘nggi haftasida Rossiya energetika sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda to‘rt nafar manbasiga tayanib The Washington Post xabar berdi.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, yangi choralar Rossiyaning soyadagi floti — mamlakat neftini sanksiyalarni chetlab o‘tgan holda tashiyotgan xalqaro kemalarga yo‘naltirilishi mumkin. Bundan tashqari, cheklovlar oldinroq sanksiyalarga uchramagan Rossiya neftini eksport qiluvchilarga ham qo‘llanishi kutilmoqda. Shuningdek, WP suhbatdoshlarining aytishicha, Rossiya energiya resurslari uchun to‘lovlarni qayta ishlash imkoniyatini taqdim etayotgan banklarning litsenziyasini chaqirib olish choralari ham ko‘rib chiqilyapti.

Manbalarning ta’kidlashicha, sanksiyalarning joriy etilishi yangi saylangan prezident Donald Trampga Rossiya-Ukraina urushini to‘xtatishga oid muzokaralarda RF prezidenti Vladimir Putinga nisbatan qo‘shimcha bosim o‘tkazish richagini taqdim etadi. Amerikalik yuqori martabali amaldorga ko‘ra, mazkur choralar Ukrainaga o‘zini mudofaa qilishda «yaxshiroq holatda» qolish va tinchlik bo‘yicha muzokaralarni «adolatli» shartlarda o‘tkazish imkonini beradi.

2022 yil fevralda Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri AQSH hukumati Rossiya banklari, mudofaa, sanoat korxonalari va boshqa kompaniyalariga nisbatan sanksiyalar qo‘lladi. Shu bilan birga, Rossiya energetika sektoriga qisman zarar yetdi xolos. The Washington Post'ning qayd etishicha, urush boshlanganidan beri Jo Bayden administratsiyasi Rossiya energiya resurslari eksportida jiddiy sanksiyalar qo‘llashdan xavotirlanib kelgan, bu— neft narxning keskin ko‘tarilib ketishiga va AQSHda benzin narxi oshishiga olib kelishi mumkin edi.

Rossiya budjeti daromadlarining uchdan bir qismidan qariyb yarmigacha bo‘lgan qismi neft va gaz savdosiga to‘g‘ri keladi. 2023 yilda Rossiya energiya resurslarini sotish ortidan salkam 100 milliard dollar ishlab topgan.

Yevropa Ittifoqi kengashi 16 dekabr kuni Rossiyaga qarshi iqtisodiy va individual sanksiyalarning 15-paketini qabul qilgandi. Sanksiyalar ro‘yxatidan 54 nafar jismoniy shaxs va 30 ta yuridik shaxs o‘rin oldi. Ular orasida Kiyevdagi «Oxmatdet» bolalar shifoxonasiga berilgan zarbaga mas’ul harbiy bo‘linma, energetika kompaniyalarining top-menejerlari, KXDRning yuqori martabali ikki amaldori ham bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Putinga «xayrlashuv zarbasi» tayyorlamoqda...