11:48 / 25.12.2024
19

Rossiyada kardiojarroh Korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasiga donat yuborgani uchun qamaldi

Rossiyada kardiojarroh Korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasiga donat yuborgani uchun qamaldi
Foto: Sergey Vedyashkin
Moskvaning Perovskiy sudi kardiojarroh Ivan Tishchenkoni 24 dekabr, seshanba kuni «ekstremistik faoliyatni» moliyalashtirish (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 282.3-moddasi 1-qismi) moddasi bo‘yicha to‘rt yilga umumiy rejimdagi koloniyaga hukm qildi. Bu haqda «Moskva shahrining umumiy yurisdiksiya sudlari» Telegram-kanalida aytilgan.

SOTAvision nashrining aniqlik kiritishicha, bunday hukmga Tishchenkoning marhum rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy sheriklarining Korrupsiyaga qarshi kurash fondi (FBK)ga mablag‘ xayriya qilgani sabab bo‘lgan.

Ivan Tishchenkoning advokati Natalya Tixonova RBK agentligiga bergan izohida himoyachi hukmdan hayratda qolganini va ustidan shikoyat qilishni rejalashtirayotganini aytdi. «Bu minglab insonlar hayotini saqlab qolgan va, albatta, Rossiyaning konstitutsiyaviy tuzumiga xavf tug‘dirish niyatida bo‘lmagan shaxs uchun juda og‘ir jazo, u FBK ekstremistik tashkilot deb tan olinishidan oldin obuna bo‘lgan va obunani bekor qilishni unutgan», — dedi u.

SOTAvision shuningdek, jarroh ozodlikda bo‘lganida jurnalistlarga FBK Rossiyada «ekstremistik» deb tan olinmasidan oldin pul xayriya qilganini, ammo obunani vaqtida bekor qilishni unutganini ta’kidlagan. Tishchenko bu ishda aybini tan oldi. Uning ishi bor-yo‘g‘i bir hafta, 2024 yil 17 dekabrdan boshlab ko‘rib chiqildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada kardiojarroh Korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasiga donat yuborgani uchun qamaldi