Foto: “Sputnik”
Isroil parlamenti (knesset) mamlakatda favqulodda holat rejimini yana bir yilga — 2025 yil 25 dekabrgacha uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
Tegishli taklifni 120 deputatdan 29 nafari qo‘llab-quvvatlagan, yana yetti nafari qarshi ovoz bergan, qolganlari esa qatnashmagan yoki betaraf qolgan.Bu bilan knesset o‘zining tashqi va xavfsizlik siyosati qo‘mitasi hamda adliya qo‘mitasi tavsiyalariga amal qilgan. Favqulodda holat hukumatga favqulodda farmonlar, xususan, milliy qonunchilikka nisbatan ustuvor kuchga ega bo‘lgan qarorlar chiqarish imkonini beradi.
Knesset oxirgi marta 2024 yilning may oyida Isroildagi favqulodda holat rejimini uzaytirgandi. Ammo o‘shanda uning amal qilish muddati olti oy bo‘lgan.
Yaqin Sharqdagi ziddiyatning kuchayishi
Mintaqadagi vaziyat 2023 yil 7 oktyabrda keskinlashdi. HAMAS Isroilga keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. Yahudiy davlati e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 1200 ga yaqin odam halok bo‘ldi. Shuningdek, 250 dan ortiq odam garovga olinib, G‘azo sektoriga olib ketildi. Garovga olinganlarning bir qismi ozod qilindi, ayrimlari halok bo‘ldi.
Bunga javoban Isroil HAMASga qarshi urush e’lon qildi. Quruqlikdagi operatsiya va G‘azo sektorini bombardimon qilish paytida 45,3 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Statistikada shifoxonalarda o‘lgan falastinliklar haqida ma’lumotlar yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Alisher Usmonov urush boshlanganidan buyon qanday qilib 13,4 mlrd dollarga boyidi?
Ekspert: Rossiyaga qarshi sanksiyalardan O‘zbekiston va Qirg‘iziston ko‘proq foyda ko‘rdi
Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar va yengilliklar ma’lum qilindi
Grenlandiya Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi
Vengriya bosh vaziri: Yevropa Ukrainadagi mojaroda yutqazdi
Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashadi
Qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi: o‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi
Vengriya bosh vaziri: “Ukrainadagi urush 2 xil yo‘l bilan tugaydi”