
Foto: Bloomberg
Yaman husiylari Qizil dengizni toʻsib qoʻyishi tufayli Suvaysh kanaliga egalik qiluvchi Misrga kamida 7 milliard dollar zarar etkazdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Tegishli summa Misr prezidenti saytida koʻrsatilgan. Daromad qisqarishiga Suvaysh orqali savdo kemalari tranziti 60 foizga qisqargani sabab boʻlgan. Suvaysh kanali Misr uchun muhim daromad manbai hisoblanadi. Husiylarning hujumlari tufayli koʻplab kemalar Afrikani aylanib oʻtishning uzoqroq, ammo xavfsizroq yoʻlini tanlay boshlagan. Yaman husiylari Gʻazodagi urush sababli Isroil va unga aloqador kemalarni Qizil dengizda nishonga olmoqda.
Misr iqtisodiyoti hajmi 380 milliard dollarni tashkil etadi, hozir u murakkab davrni boshdan kechirmoqda. Mamlakat valyutasi rekord darajada pasayib ketdi. Misr Xalqaro valyuta jamgʻarmasining yordamiga tayanishga majbur boʻlmoqda. 24 dekabr kuni umumiy 8 milliard dollarlik kreditning bir qismi boʻlgan 1,2 milliard dollarlik yangi transh haqida kelishib olindi. Xalqaro valyuta jamgʻarmasining qarzdor mamlakatlar reytingida Misr faqat Argentina va Ukrainadan keyin uchinchi oʻrinni egallab turibdi.
Bir yil davomida Misr hukumati funtning dollarga nisbatan qiymatini taxminan 40 foizga tushirdi. Mamlakatda yonilgʻi narxi uch marta oshirildi, elektr energiyasi va davlat tomonidan subsidiyalangan non narxlari koʻtarildi. Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha oʻzgartirishlar koʻrib chiqilmoqda.
Byudjetni toʻldirish uchun xususiylashtirish boshlandi: Misr allaqachon davlat ulushidagi United Bank aktsiyalarining 30 foizini sotdi va boshqa aktivlarni ham sotishni rejalashtirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar