Foto: AP
Xitoy janubidagi stadion yaqinida odamlar ustiga mashinada bostirib borib, oʻnlab insonlarning oʻlimiga sababchi boʻlgan shaxs oʻlim jazosiga hukm etildi, deb xabar beradi BBC.
Sud bayonotiga koʻra, Fan Veytsyu «jamoyat xavfsizligiga tahdid uygʻotganlikda» ayblangan. 11 noyabr kuni Xitoyning Chjuxay shahrida avtomobil odamlar ustiga bostirib borishi oqibatida 35 kishi halok boʻlgan edi.
Qayd etilishicha, 62 yoshli erkak ajrashganidan keyingi mulkiy mojaro natijalaridan norozi holatda yugurish yoʻlakchasidagi odamlar ustiga mashinasini katta tezlikda haydashga qaror qilgan.
Xitoy OAVning ma'lum qilishicha, oʻziga pichoq orqali etkazilgan jarohatlardan keyin koma holatida boʻlgani aytilgan Fan qurbonlarning oilalari va jamoatchilik vakillari oldida aybiga iqror boʻlgan.
20 dekabr kuni Germaniyaning Magdeburg shahrida kelib chiqishi Saudiya Arabistonidan boʻlgan Tolib al-Abdulmuhsin ismli shaxs rojdestvo yarmarkasiga kelgan odamlar ustiga BMW X3 mashinasini haydagan edi. Hodisa oqibatida kamida besh kishi halok boʻlgan, 205 kishi tan jarohati olgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Muhammad Salohning qaysi harakati uchun misrliklarning tanqidlari "yomgʻiri yogʻildi"...?
Yaman husiylari Tel Aviv aeroportiga hujum uyushtirdi
Rim papasi Rossiya va Ukrainani qurollarini tashlashga chaqirdi
Netanyaxuning rafiqasi guvohlarni ta'qib qilishda ayblanmoqda
Vengriya bosh vaziri: “Ukrainadagi urush 2 xil yo‘l bilan tugaydi”
Husiylar hujumi Misrga 7 mlrd dollar zarar keltirdi
Erdo‘g‘on: “Suriyadagi kurd jangarilari yo qurollarini topshiradi, yo dafn qilinadi”
Messining oʻyinidagi qaysi jihat Yamalni hayron qoldirgan?