11:00 / 28.12.2024
105

Koreyalik olimlar saraton hujayralarini sogʻlom holatga qaytarish yoʻlini topdi

Koreyalik olimlar saraton hujayralarini sogʻlom holatga qaytarish yoʻlini topdi
Koreya ilgʻor fan va texnologiyalar instituti (KAIST) olimlari saraton hujayralarini normal holatga yaqinlashtiradigan molekulyar oʻzgartirgichlarni aniqladi. Tadqiqot natijalari institut veb-saytida e'lon qilindi.

Ishga KAIST bioinjeneriya va miya muhandisligi fakulteti professori Cho Kvan Xen boshchilik qilgan.

Kimyo va nur terapiyasi kabi zamonaviy usullar saraton hujayralarini yoʻq qilishga moʻljallangan. Biroq bu yondashuvning oʻz cheklovlari mavjud: oʻsma hujayralarining dorivorlarga chidamliligi va ularning qayta paydo boʻlishi, sogʻlom toʻqimalarning zararlanishi kabi. Tadqiqotchilar muammoga boshqacha yondashishga qaror qilib, yoʻgʻon ichakning normal hujayralari onkogenez jarayonida qanday oʻzgarishini oʻrgandi.

Ushbu kuzatuvga asoslanib, olimlar normal hujayralarning differentsiatsiya yoʻnalishi bilan bogʻliq gen tarmogʻining raqamli nusxasini yaratdi. Imitatsion tahlil yordamida jamoa hujayralarning differentsiatsiyasiga yordam beradigan molekulyar “oʻzgartirgichlarni” aniqladi va ularni saraton hujayralariga qoʻllab, oʻsma hujayralarini yana normal holatga “oʻtkazishga” erishdi.

Hujayra darajasida ham, hayvonlarda ham oʻtkazilgan tajribalar shuni koʻrsatdiki, saraton hujayralari organizmga salbiy ta'sir koʻrsatmasdan sogʻlom holatga qaytishi mumkin, bu esa yangi eksperimental davolashning xavfsizligidan dalolat beradi.

Olimlarning ta'kidlashicha, ushbu yondashuv nafaqat yoʻgʻon ichak saratoniga, balki boshqa turdagi raklarga ham qoʻllash mumkin boʻlgan davolash usullarini ishlab chiqishga yordam beradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo