date
views 131

Vladimir Putin Oqtovdagi aviahalokat uchun Ilhom Alievdan uzr soʻradi

Vladimir Putin Oqtovdagi aviahalokat uchun Ilhom Alievdan uzr soʻradi
Foto: AFP
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev bilan suhbat chogʻida AZAL samolyoti bilan sodir boʻlgan fojiali voqea uchun uzr soʻradi. Bu haqda Kreml xabar berdi.

Davlat rahbarlari Rossiya tomoni tashabbusi bilan boʻlib oʻtgan qoʻngʻiroq chogʻida vaziyatni muhokama qilgan.

Vladimir Putin fojiali hodisa Rossiya havo hududida yuz bergani uchun uzr soʻradi va qurbonlarning oila a'zolariga yana bir bor chuqur hamda samimiy hamdardlik bildirdi, jarohatlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tiladi”, deyiladi Kreml xabarida.
Kremlning ta'kidlashicha, Ozarbayjon samolyoti Grozniy aeroportiga bir necha bor qoʻnishga uringan.

Oʻsha vaqtda Grozniy, Mozdok va Vladikavkaz Ukraina jangovar dronlari tomonidan hujumga uchragan va Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari bu hujumlarni qaytargan”, deyiladi bayonotda.

Tergov qoʻmitasi tomonidan “Havo transporti harakati va harakat xavfsizligi qoidalarini buzish” moddasi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Ozarbayjon Bosh prokuraturasining ikki xodimi Tergov qoʻmitasi va Rossiya Bosh prokuraturasi vakillari bilan birgalikda Grozniyda ishlamoqda. Kremlning aniqlik kiritishicha, samolyot halokatga uchragan Oqtovda ham tegishli idoralar hamkorlik qilmoqda.

Qozogʻistondagi aviahalokat

Bokudan Grozniyga J28243 reysini amalga oshirayotgan Embraer 190 samolyoti 25 dekabr kuni ertalab Qozogʻistonning Oqtov shahri yaqinida halokatga uchradi. Dispetcherlar Grozniy va Maxachqal'ada qoʻnishni rad etganidan keyin layner majburiy qoʻnishni amalga oshirishga urindi. Oqtov aeroportiga bir necha kilometr qolganda u qulab tushdi, portlab, yonib ketdi.

Foto: Qozogʻiston FVV
Burun qismi toʻliq yongan, dum qismida esa omon qolganlar boʻlgan. Kamida 29 nafar tirik qolgan yoʻlovchi aynan shu qismda boʻlgan. Ular kasalxonaga olib kelingan. Azerbaijan Airlines samolyoti qulashi oqibatida 38 kishi halok boʻlgan. Samolyot bortida jami 67 kishi — 62 yoʻlovchi va besh ekipaj a'zosi boʻlgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vladimir Putin Oqtovdagi aviahalokat uchun Ilhom Alievdan uzr soʻradi