Reuters/Yonhap
Janubiy Koreyadagi Yonhap agentligi xabar qilishicha, Jeju Air aviakompaniyasi samolyoti Bangkokdan parvoz qilgan. Mamlakat janubi-gʻarbida, Seuldan 288 km masofada boʻlgan Muan aeroportiga qoʻnish chogʻida u uchish-qoʻnish yoʻlagi tashqarisiga chiqib ketib, toʻsiqqa urilgan.
Koreya televideniesi toʻqnashuvdan keyin kuchli yongʻin chiqqani aks etgan kadrlarni namoyish etdi.
Hodisadan keyin darhol qutqaruv amaliyoti boshlangan. Ular samolyotning dum qismida boʻlgan 29 kishi halok boʻlganini xabar qilishdi. «Qurbonlar soni oshishi mumkin, jabrlanganlarning koʻpchiligi ogʻir ahvolda», — degan AFP muxbiriga oʻt oʻchirish xizmati vakili.
Bir soat oʻtib rasmiylar aviahalokat qurbonlari soni 47 kishiga etgani haqida xabar berishdi.
Milliy oʻt oʻchirish xizmati ikki kishini qutqarishning imkoni boʻlganini ma'lum qilgan: bular yoʻlovchi hamda ekipaj a'zolaridan biri. Keyinroq mahalliy rasmiylar yana bir yoʻlovchi qutqarilgani haqida xabar berishdi.
Yoʻlovchilarning aksari, 173 kishi — Janubiy Koreya fuqarolari, yana ikki nafari — Tailand fuqarolari.
Hodisa sabablari hozircha ma'lum emas. Dastlabki ma'lumotlarga koʻra, samolyot qushlar bilan toʻqnashuv tufayli boshqaruvni yoʻqotgan boʻlishi mumkin. Yonhap ma'lumotiga koʻra, shu tufayli shassini boshqarish tizimi ishlamagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Hisobot: Ukraina magʻlubiyati AQShga qimmatga tushadi
Tramp butun materikni egallamoqchi: hamma hayratda
Kaliforniyada dahshatli oʻrmon yongʻinlari: mashhurlarning uylari yonib ketmoqda
Bashar Asadning rafiqasi Britaniya razvedkasiga ishlaganlikda gumonlanmoqda
Netanyaxu Trampning inauguratsiyasida qatnashishdan bosh tortdi
Britaniya TIV rahbari Ukraina urushi qachon tugashi mumkinligini aytdi
Livanda 12 marotaba muvaffaqiyatsiz saylovlardan soʻng prezident tayinlandi
Germaniyada sobiq vazirning yuziga tort uloqtirishdi