17:21 / 30.12.2024
63

Janubiy Koreyada yana bir samolyotda muammo chiqdi

Janubiy Koreyada yana bir samolyotda muammo chiqdi
Jeju Air aviakompaniyasining Boeing 737-800 samolyoti qoʻnish moslamasidagi muammo tufayli aeroportga qaytdi.

7C101 reysi Seuldagi Gimpo aeroportidan Jeju oroliga dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 6:37 da uchdi, deb xabar berdi Yonhap agentligi aviakompaniyaga tayanib.

Samolyot havoga koʻtarilganidan koʻp oʻtmay, ekipaj qoʻnish moslamasi bilan bogʻliq muammolarni aniqladi va bir soatdan kamroq vaqt oʻtgach, samolyot Gimpoga qaytib qoʻndi.

Samolyotda 161 yoʻlovchi boʻlgan, hech kim jabrlanmagan.

Yakshanba kuni Jeju Air aviakompaniyasiga tegishli samolyot halokatga uchragan va 179 kishi halok boʻlganida ham uchala qoʻnish moslamasida nosozlik chiqqani aytilgandi.

Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi Choy Sang Mok dushanba kuni mamlakatning butun aviakompaniya tizimini favqulodda xavfsizlik tekshiruvidan oʻtkazishni buyurdi.

Transport vazirligi Janubiy Koreya havo yoʻllarida foydalaniladigan barcha Boeing 737-800 samolyotlari koʻrikdan oʻtkazilishini ma'lum qildi. Mamlakat havo tizimida jami 101 ta shunday samolyot bor, ulardan 39 tasi Jeju Air aviakompaniyasiga tegishli.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo