Foto: Getty Images
Politico nashri Rossiya prezidenti Vladimir Putinni uchinchi yil ketma-ket “Yil omadsizi” deb topdi. Bu safar roʻyxatga Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Olaf Shols, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban va Suriyaning qochoq prezidenti Bashar Asad ham kiritildi.
Politico tahririyati Putinning “Kiyevni uch kunda qoʻlga kiritish” va'dasini eslatib oʻtdi.
“2024 yilda vaziyat yomonlashishda davom etdi, chunki Ukraina Rossiya hujumlarini qaytaribgina qolmay, Kurskka hujum operatsiyasi paytida Rossiya hududining bir qismini ham egalladi”, deyiladi maqolada.
Bundan tashqari, Rossiya iqtisodiyoti yuqori inflyatsiya va doimiy ishchi kuchi tanqisligi sababli haddan tashqari zoʻriqmoqda. Putin Asad rejimining qulashi oqibatida Suriyadagi ta'sirini (shu bilan birga Afrikaga kirish imkoniyatini ham) yoʻqotdi. Moskva uchun yil, garchi oʻz aybini tan olmasa-da, Ozarbayjonning yoʻlovchi samolyotini urib tushirgani uchun uzr soʻrashga majbur boʻlish bilan yakunlandi. Politico nashri vaziyat idealdan ancha yiroq, degan xulosaga keldi.
♦ Roʻyxatda keyingi oʻrinda Viktor Orban turadi. Jurnalistlar uni “Putinning eng yaqin doʻsti” deb ta'riflagan. U “omadsiz” unvonini Vengriyada iqtisodiy muammolarning kuchayishi va muxolifat etakchisi Peter Madyarning obroʻsi oshishi sababli oldi. Madyar 2026 yilgi saylovlarda Orbanning raqibi boʻlishi kutilmoqda.
♦ Politico ta'kidlashicha, Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad yilni “tahqirli ahvolda” yakunladi: mamlakat uning dushmanlari nazoratiga oʻtdi, oʻzi esa Moskvaga qochishga majbur boʻldi.
“Shu bilan birga, u buni oʻz ixtiyori bilan qilmaganini aytdi. U xotini Asma Asadning ajrashish istagi haqidagi mish-mishlarga duch keldi. Kreml bu mish-mishlarni zudlik bilan rad etishga shoshildi”, deya eslatadi jurnalistlar.
♦ “Omadsizlar” roʻyxatini Makron–Shols tandemi yakunlaydi.
Politico nashri ta'kidlashicha, 2024 yil Makron uzluksiz muvaffaqiyatsizliklarga duch keldi: partiyasining Evroparlament saylovlaridagi magʻlubiyatidan tortib, Frantsiyada muddatidan oldingi saylovlargacha.
“Bu qiyinchiliklar bir yil ichida ikkita hukumatning qulashi bilan yakunlandi, uchinchi hukumatning qulashi esa, ehtimol, hali oldinda”, deya tahririyat mulohaza qilmoqda.
♦ Ta'kidlanishicha, Shols bundan ham yomonroq ahvolga tushdi: shundoq ham beqaror ishlagan hukmron koalitsiya tarqalib ketganidan soʻng, u muddatidan oldin saylov e'lon qilishga majbur boʻldi.
Ularning muvaffaqiyatsizliklari nafaqat har ikkala siyosatchining mavqeini barbod qilgani, balki Evropa loyihasining poydevori hisoblangan Frantsiya-Germaniya ittifoqini ham jiddiy zaiflashtirganidan keyin vaziyat yanada murakkablashdi.
2022 yilda prezident Zelenskiy Politico talqini boʻyicha Evropaning eng nufuzli odamiga aylangandi. 2023 yilda bu mukofotni Polsha bosh vaziri Tusk olgan. 2024 yilda esa Italiya Vazirlar Kengashi rahbari Jorj Meloni qoʻlga kiritgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSh Netanyahuni himoya qilish uchun misli koʻrilmagan chora koʻrmoqchi
«Zamonaviy Don Kixot»: Tramp shamol parraklariga qarshi
Pavel Durov Mark Tsukerbergning yaqinda bergan bayonotiga qanday javlb qaytardi?
Trampning Grenlandiyani oʻzlashtirish maqsadi: Orol AQSh uchun nega bunchalik muhim?
Donald Tramp: «Ukrainada urush boshlanishi – Baydenning aybi»
Los-Anjeles yonmoqda: 5 kishi halok boʻlgan va zarar miqdori 50 mlrd dollardan oshdi
Trampning soʻzlaridan keyin Meksika prezidenti Amerika nomini oʻzgartirishni taklif qildi
Trampning tahdidlariga Fransiya va Germaniya qanday munosabat bildirdi?