23:15 / 01.01.2025
66

Isroil HAMAS garovdagilarni ozod qilmasa, Gʻazoga zarba berish bilan tahdid qildi

Isroil HAMAS garovdagilarni ozod qilmasa, Gʻazoga zarba berish bilan tahdid qildi
Foto: tehrantimes
Isroil mudofaa vaziri Isroil Kas Falastinning HAMAS harakati tomonidan oʻqqa tutilgan Netivot shahriga tashrifi chogʻida, agar harakat garovga olinganlarni ozod qilishni ta'minlamasa va Isroil hududini oʻqqa tutishni toʻxtatmasa, Gʻazoga kuchli zarbalar berish bilan tahdid qildi.

Agar HAMAS garovdagilarning ozod etilishini ta'minlamasa va tez orada Isroilni oʻqqa tutishni toʻxtatmasa, Gʻazo uzoq vaqtdan beri koʻrmagan kuchli zarbalarga duchor boʻladi”, deydi mudofaa vaziri.

HAMAS bilan garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha birinchi kelishuv amalga oshirilganidan beri bir yildan koʻproq vaqt oʻtdi va shundan beri tomonlar vositachilar orqali qolgan garovga olinganlarning taqdiri boʻyicha turli darajadagi shiddat bilan muzokaralar olib bormoqda. Oxirgi haftalarda Qohira va Dohada vositachilik asosidagi muzokaralar faollashdi, xabardor manbalar ijobiy natijalarga erishilayotganini ma'lum qilgan.

2024 yilning 21 dekabr kuni Falastin tomonining muzokaralar ishtirokchisi garovga olinganlar masalasi boʻyicha kelishuv va oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralar 90 foizga yakunlanganini ma'lum qilgan edi. Avvalroq Livanning Al Mayadin telekanali HAMAS kelishuv boʻyicha birinchi bosqichda 34 nafar garovga olinganlarni ozod qilishi mumkinligini bildirgan.

Isroil esa bu davrda barcha garovga olinganlar ozod etilishi kerakligini talab qilmoqda — Gʻazoda 101 nafar isroillik garovga olingan, ulardan 40 ga yaqini halok boʻlgan deb taxmin qilinmoqda.

Foto: Flash90
The National nashrining aniqlik kiritishicha, Isroil birinchi bosqichda oʻz qamoqxonalarida uzoq vaqtdan buyon qamoq muddatini oʻtayotgan 200 nafar falastinlikdan 70 nafarini ozod qilishdan bosh tortmoqda. HAMAS esa ming nafar mahbusni ozod qilishga erishmoqchi edi. Buning evaziga harakat rasmiylari 60 kunlik sulh davomida har 48 soatda bittadan, jami 20-30 nafar garovga olinganlarni ozod etishni va'da qilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo