07:14 / 03.01.2025
7

Shveytsariyada 1 yanvardan burqa va niqob taqish taqiqlandi

Shveytsariyada 1 yanvardan burqa va niqob taqish taqiqlandi
Foto: NAI
Shveytsariyada 1 yanvardan boshlab jamoat joylarida paranji kiyish va niqob taqish taqiqlandi. Bu haqda SwissInfo xabar berdi.

Shveytsariya bunday taqiqni joriy etgan beshta Evropa davlati, jumladan, qoʻshni Frantsiya va Avstriya qatoriga qoʻshildi. Taqiqni noqonuniy ravishda buzgan har bir shaxs 1000 Shveytsariya frankigacha (1144 AQSh dollari) jarima toʻlashga majbur boʻladi. Biroq, ushbu taqiq samolyotlarga, diplomatik muassasalarga, ziyoratgohlar va boshqa muqaddas joylarga nisbatan qoʻllanilmaydi.

Ibodat va boshqa muqaddas joylarda yuzni yopish mumkin. Bundan tashqari, sogʻliqni saqlash, xavfsizlik, ob-havo sharoitlari va mahalliy Shveytsariya urf-odatlaridan kelib chiqib ham yuzni yopishga ruxsat beriladi. Shuningdek, badiiy va koʻngilochar tadbirlar paytida hamda reklama maqsadlarida yuzni yopish mumkin.

Istisno holatlarda jamoat joylarida yuzni yopishga ruxsat berilishi mumkin, agar bu fikr bildirish yoki yigʻilish erkinligini ta'minlash uchun zarur boʻlsa. Biroq, bunday harakat oldindan mas'uliyatli davlat organi tomonidan tasdiqlanishi va jamoat tartibi yoki xavfsizlikka tahdid tugʻdirmasligi lozim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shveytsariyada 1 yanvardan burqa va niqob taqish taqiqlandi