13:05 / 03.01.2025
12

Ukraina Kursk oblastidagi qishloq va posyolkaga raketalar bilan hujum qildi

Ukraina Kursk oblastidagi qishloq va posyolkaga raketalar bilan hujum qildi
Foto: AFP
Ukraina Qurolli kuchlari 2 yanvar, payshanba kuni Rossiyaning Kursk oblasti Marino qishlogʻida Rossiya harbiylari qoʻmondonlik punktiga zarba berdi. «Ushbu hujumlar, birinchi navbatda, Rossiya Federatsiyasining Ukrainaning tinch aholisiga qarshi harakatlarni amalga oshirish qobiliyati va istagini zaiflashtirishga qaratilgan», — deya xabar berdi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi.

Bundan tashqari, Ukraina koʻngillilar armiyasi vakili Sergey Bratchukning ma'lumotlariga koʻra, Marino yaqinida joylashgan Ivanovskoye qishlogʻiga zarba berilgan. Uning soʻzlariga koʻra, u erda «Rossiya Federatsiyasining 810-dengiz piyoda askarlari brigadasi joylashgan». Oʻz navbatida, Ukraina Milliy xavfsizlik kengashi qoshidagi Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi rahbari Andrey Kovalenko zarba natijasida «Rossiya Federatsiyasining 810-brigadasida katta yoʻqotishlar yuz bergani» haqida gapirdi.

Gubernator v.b.: fuqarolik ob'ektlari zarar koʻrdi

Kursk oblasti gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksandr Xinshteynning aytishicha, Ivanovskoyega qilingan hujum natijasida fuqarolik ob'ektlari, jumladan, Madaniyat uyi binosi zarar koʻrgan. Maktab-internat, pochta boʻlimi va savdo markazining devorlari jiddiy shikastlangan, derazalari singan. Bundan tashqari, Xinshteynning ta'kidlashicha, «gaz quvurining bir qismida kichik avariya boʻlgan».

Mahalliy aholi orasida jabrlanganlar borligi haqida ma'lumot kelib tushmagan.

Sirskiy Kursk oblastiga bordi

1 yanvar kuni Ukraina Qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni Aleksandr Sirskiy Ukraina qoʻshinlari nazoratida boʻlgan Rossiya Federatsiyasining Kursk oblasti hududiga tashrif buyurdi.

«Ukraina harbiylarining qahramonona harakatlari dushmanni oʻz hududida katta kuchlar guruhini ushlab turishga va zaxiralarni boshqa yoʻnalishlardan oʻtkazishga majbur qildi, sizning qat'iyatingiz va jasoratingiz tufayli dushmanning Kursk oblastidagi yoʻqotishlari 38 mingdan ortiq kishini tashkil etdi. mingdan ortiq texnika ham yoʻqotildi», — deb yozdi harbiy rahbar Telegramʼda.

Uning qoʻshimcha qilishicha, Kursk oblastida 700 nafar rus askari asirga olingan. Ular almashinuv fondini toʻldirishdi, buning yordamida ukrainalik askarlarni vatanga qaytarish mumkin, dedi Sirskiy. U «okkupantlar qanday pasportga ega boʻlishidan qat'i nazar, ularni yoʻq qilishni davom ettirishga» va'da berdi.

Sirskiy tomonidan e'lon qilingan kadrlarga qaraganda, u 225-hujumkor batalon, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlarining 82-havo hujumi brigadasi joylashgan joyga tashrif buyurdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Kursk oblastidagi qishloq va posyolkaga raketalar bilan hujum qildi