date
views 187

US Steel rahbari Jo Baydenni korruptsiyada aybladi

US Steel rahbari Jo Baydenni korruptsiyada aybladi
Foto: “Report.az”
Yaponiyaning Nippon Steel kompaniyasi AQShning poʻlat ishlab chiqaruvchi US Steel kompaniyasini sotib olishi boʻyicha bitim prezident Jo Bayden tomonidan bloklandi.

US Steel direktori Devid Burrit Baydenning bu qarorini “sharmandali va siyosiy korruptsiya namunasi” deb atadi.

Baydenning bugungi qarori sharmandali va korruptsiyalashgan. Bu uning kasaba uyushma rahbariga siyosiy toʻlovi, kompaniyamiz kelajagiga, xodimlarimiz va milliy xavfsizligimizga zarar etkazadi. U milliy xavfsizlikdagi asosiy ittifoqchimiz Yaponiyani haqorat qildi, shuningdek, Amerikaning raqobatbardoshligini xavf ostigaqoʻydi”, dedi u.

Kompaniya rahbari amerikalik ishchilar “bundan yaxshiroq prezidentga loyiq” ekaniga ishonchi komil.

Bizga Amerika uchun qanday qilib eng yaxshi kelishuvga erishishni biladigan va unga erishish uchun koʻp mehnat qiladigan prezident kerak. Biz Baydenning siyosiy korruptsiyasiga qarshi kurashmoqchimiz”, deya xulosa qildi US Steel rahbari.

Avvalroq Oq uy matbuot xizmati Jo Bayden Yaponiyaning Nippon Steel kompaniyasi tomonidan US Steel kompaniyasini sotib olish boʻyicha kelishuvga toʻsqinlik qilgani haqida bayonot tarqatgan edi.

Amerika ma'muriyati rahbarining ta'kidlashicha, milliy xavfsizlik va savdo boʻyicha ekspertlarning “bu kelishuv Amerikaning eng yirik poʻlat kompaniyalaridan birining chet el nazoratiga oʻtishiga olib keladi va milliy xavfsizlik hamda asosiy ta'minot zanjirlariga tahdid soladi” deb hisoblagan baholari bunday qarorga sabab boʻlgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » US Steel rahbari Jo Baydenni korruptsiyada aybladi