
Foto: Life.ru
Hindistonning Chxattisgarx shtatida bomba portlashi oqibatida kamida sakkiz nafar politsiyachi halok boʻldi. Bu haqda DW nashri xabar bermoqda.
Hindiston politsiyasi portlash oqibatida sakkiz nafar xodim va haydovchi halok boʻlganini ma'lum qildi.
Hujum uchun javobgarlikni hech bir qurolli guruh oʻz zimmasiga olmadi, biroq xavfsizlik kuchlari mintaqadagi eng faol maoist isyonchilarini asosiy gumondor sifatida koʻrmoqda.
Portlash xavfsizlik kuchlarini nishonga olgan qator hujumlarning bir qismi boʻlib, politsiya va maoist isyonchilar oʻrtasidagi muntazam toʻqnashuvlar fonida sodir boʻldi.
Chxattisgarx va unga qoʻshni Hindistonning markaziy va sharqiy shtatlari hukumat va radikal maoist guruhlar oʻrtasida oʻnlab yillar davom etgan qurolli toʻqnashuvlardan aziyat chekmoqda.
Soʻnggi yillarda harbiylashtirilgan guruhlarning faoliyati sezilarli darajada kamayganini ham ta'kidlash zarur. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar