12:45 / 07.01.2025
125

Tibetdagi kuchli zilzila oqibatlari: oʻnlab kishilar halok boʻlgan

Tibetdagi kuchli zilzila oqibatlari: oʻnlab kishilar halok boʻlgan
«Seshanba kuni tushdan keyingi ma'lumotlarga koʻra, Tibet avtonom hududidagi Tingri uyezdida roʻy bergan 6,8 magnitudali zilziladan keyin 53 kishi halok boʻlgan, yana 62 kishi jarohatlangan», deya xabar bergan Xinhua agentligi tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha hududiy shtabga asoslanib.

Xitoy seysmologik tarmoqlar markazi (CENC) mahalliy vaqt bilan soat ertalabki 9 atrofida XXRning Tibet avtonom hududining Nepal bilan chegarasi yaqinida 6,8 magnitudali zilzila roʻy bergan. Zilzila epimarkazi Tingri uyezdida, 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Undan keyin kuchi 4,4 magnitudagacha boʻlgan aftershoklar ham qayd etilgan.

AQSh Geologiya xizmati (USGC) Shigadze shahridan 177 km janubi-gʻarbda 7,1 magnitudali zilzila roʻy berganini xabar qilgan. Er silkinishi Nepal poytaxti Katmanduda, shuningdek, Butan va Hindiston hududlarida ham sezilgan.

«Tingri uyezdi va uning atrofidagi hududlarda juda kuchli er silkinishini his qilishdi, epimarkaz yaqinidagi koʻplab binolar qulab tushgan», — deya xabar bergan CCTV davlat telekanali.

Voqea joyida olingan kadrlarda vayron boʻlgan uylar va atrofga sochilib ketgan parchalani koʻrish mumkin.

Xitoy nashrlari xabar qilishicha, mahalliy rasmiylar zilzila oqibatlarini baholash uchun uyezddagi aholi yashash manzillarini aylanib chiqmoqda.

Foto: VCG/Getty Images
Sinoptiklarga koʻra, Tingrida harorat Tselsiy boʻyicha -8 darajani tashkil qilmoqda va seshanba kuni kechqurun -18 darajagacha tushadi.

Baland togʻlarda joylashgan uyezdda 62 ming atrofida odam yashaydi. Bu hududda zilzilalar tez-tez roʻy berib turadi, ammo bu safargisi soʻnggi besh yillikdagi eng kuchlisi boʻldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo