
Foto: Sputnik
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatdagi diktatura “Ukrainadagi demokratiyadan koʻra afzalroq” ekanini aytdi. Bu haqda u Logoysk shahrida Rojdestvo ibodati chogʻida ma'lum qildi.
Lukashenkoning bayonoti u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiydan uzr soʻragani haqidagi xabarlar fonida yangradi. Zelenskiy avvalroq Lukashenko urushning ilk kunlarida uzr soʻraganini eslatgandi. Bunga Rossiya armiyasi Belarus hududidan raketa uchirgani sabab boʻlgan.
“Urushning birinchi kunlaridan bir necha kun oʻtib, Lukashenko bilan telefonda gaplashdim va u kechirim soʻradi. Bu men emas, mening hududimdan raketalar uchirildi va Putin uchirdi. Sen ishon, Volodya, bu men emas. Men nazorat qilmayman, bu shunchaki raketalar, bu Putin...”, deya Zelenskiy Lukashenkoning gaplarini yodga olgan.
Ukraina etakchisiga koʻra, Lukashenko Gomel viloyatidagi eng yirik Mozir neftni qayta ishlash zavodiga javob zarbasi berishni taklif qilgan.
Belarus Lukashenkoning uzr soʻraganini rad etmoqda
Lukashenko matbuot kotibi Natalya Eysmont Ukraina prezidentidan kechirim soʻralmaganini aytdi.
“Oddiy sababga koʻra, biz kechirim soʻrashimiz shart emas. Avvalambor, Ukraina Belarusga qarshi sanktsiyalarni birinchi boʻlib joriy etgani, hatto Amerika va butun Gʻarbdan oldinda yugurib ketgani yodimizda”, degan u.
Eysmontning soʻzlariga koʻra, Zelenskiy va Lukashenko oʻrtasidagi suhbat haqiqatan ham boʻlib oʻtgan Belarus rahbari “birinchi navbatda mojaro Ukraina hududida, Zelenskiy hududida sodir boʻlganini va vaqt oʻtishi bilan odamlar oʻlimi uchun boshqalardan koʻra koʻproq javob berishini aytgan”, dedi u.
Shundan soʻng Kiyev va Moskva muzokaralarining 3-raundi Belarusda boʻlib oʻtgan, soʻngra muzokaralar Istanbulda davom etgani ta'kidlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar