
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukraina oʻz mamlakatini harbiy mojaroga tortayotganini aytdi. Uning fikricha, Belarus urushda qatnashishga dosh bera olmasligi mumkin. Bu haqda BelTA xabar berdi.
«Nega Volodya Zelenskiy oʻzini bunday tutmoqda?.. Unga buyruq berishyapti. Mamlakatimizni urushga tortish uchun har tomonlama harakat qilishmoqda... Agar bizni urushga tortishsa, juda ogʻir boʻladi. Biz davlat sifatida bunga bardosh berolmasligimiz mumkin... Lekin dosh berishimiz kerak», dedi Lukashenko.
Belarus prezidentining ta'kidlashicha, uning hukmronligi yillarida mamlakat «yupqa muz ustida yurgan boʻlsa-da, hech qachon muzni oʻyib yubormagan va suvga qulab tushmagan».
Avvalroq, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning keng koʻlamli bosqini dastlabki kunlarida Lukashenko unga qoʻngʻiroq qilib, Rossiyaning Belarus hududidan bergan raketa zarbalari uchun uzr soʻraganini aytdi.
Keyinchalik, Belarus prezidentining matbuot kotibi Natalya Eysmont bu iddaolarni rad qildi. «Belarus prezidenti Zelenskiydan uzr soʻramadi, chunki bizda uzr soʻrash uchun hech qanday sabab yoʻq», deb ta'kidladi Eysmont. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar