06:51 / 08.01.2025
188

Rossiyada muhojirlarning turmush qurishi qiyinlashtirilmoqda

Rossiyada muhojirlarning turmush qurishi qiyinlashtirilmoqda
Rossiya FHDYo xodimlari agar xorijlik kelin yoki kuyov nazorat ostidagi shaxslar reyestriga kiritilgan boʻlsa, nikohni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishlari mumkin. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi buyrugʻiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Ichki ishlar vazirligining yangi qoidalari 2025 yil 5 fevraldan kuchga kiradi. Endilikda FHDYo xodimi xorijlik yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning nazorat qilinadigan fuqarolar roʻyxatida mavjudligini tekshirishi mumkin boʻladi. Ushbu roʻyxatda boʻlish nikohni roʻyxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

"Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolarning huquqiy holati toʻgʻrisida" Federal qonunining yangi normalariga muvofiq, Rossiyada qolish uchun qonuniy asosga ega boʻlmagan chet elliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga chiqarib yuborish tartibi qoʻllaniladi. Ular nazorat qilinadigan shaxslar reyestriga kiritiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo