© "Dunyo" AA
Xitoyda boʻlib oʻtayotgan 26-qishki muz va qor festivalida Registonning muzdan yasalgan maketi namoyish etilmoqda, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
Xarbin shahridagi "Muz va qorning katta olami" tematik parkida 26-qishki muz va qor festivali boʻlib oʻtmoqda.
“An'anaviy festivalning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri Samarqanddagi Registon maydonining muzdan ishlangan maketidir”, — deyiladi xabarda.
Tashkilotchilar ma'lum qilishicha, maydoni million kvadrat metr boʻlgan qorli shaharchani qurish uchun jami 300 ming kub metr muz va qor sarflandi.
Shaharcha toʻqqizta asosiy zonaga boʻlingan. Ularda Osiyo Olimpiya Kengashiga a'zo 42 ta mamlakat va 3 ta hududning diqqatga sazovor joylari maketlari yaratilgan. Uning dizayni va qurilishida 2025 yil 7 fevral kuni Xarbinda boshlanadigan qishki Osiyo oʻyinlari elementlaridan foydalanilgan.
“Tashrif buyuruvchilar mingdan ortiq gʻaroyib hamda rang-barang yoritgichli muz va qor haykallarini, shu jumladan, Osiyo davlatlarining namunaviy binolarida tasvirlangan art-ob'ektlarini koʻrishlari mumkin. Bu erda har bir kishi uchun turli madaniy tadbirlar va qishki koʻngilochar dasturlardan bahramand boʻlish imkoniyati mavjud”, — deya qayd etilgan xabarda.
Ma'lumot uchun, "Muz va qorning katta olami" tematik parkiga 1999 yilda asos solingan. 2024 yilda muz shahriga 3 millionga yaqin odam tashrif buyurgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Oltin togʻlar» va'da qilgan Trampning rejasida nimalar notoʻgʻri?
1-fevraldan boshlab Oʻzbekistonda poyezd chiptalari narxi yana oshadi!
Qozogʻistonlik jarrohlar 4 yoshli bolaning ichaklaridan 39 ta magnit sharni olib tashladi
Andijon viloyatidagi savdo doʻkonida yirik yongʻin sodir boʻldi
Isroil «Hizbulloh» bilan uzoq muddatli sulh tuzmoqchi(mi?)
Damashq aeroporti xalqaro reyslar uchun ochiladi
Qizlarni ketiga urgan yigit 5 sutkaga qamaldi
Marsni oʻrganishga moʻljallangan yangi vertolyot namoyish qilindi