Yaponiyada noyabrning o‘zida qish boshlandi: mehmonxonalar qor ostida qoldi

1 daqiqa o'qish8
Yaponiyada noyabrning o‘zida qish boshlandi: mehmonxonalar qor ostida qoldi

Yaponiyaning ayrim hududlarida noyabr oyidayoq qishning izg‘irinli kunlari boshlandi. Kuchli sovuq havo oqimi sabab mamlakatning shimoliy va tog‘li mintaqalariga qalin qor yog‘ib, ayrim joylarda qor qatlami sezilarli darajada oshdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan birida mehmonxona xodimlari bino kirish eshigi oldida to‘planib qolgan qorni belkuraklar yordamida tozalayotgani aks etgan. Qor shu qadar ko‘p yoqqanki, xodimlar mehmonlar bemalol kirib-chiqishi uchun yo‘lakni ochishga majbur bo‘lgan.

Meteorologik ma’lumotlarga ko‘ra, 20 noyabr kuni mamlakatga kuchli sovuq havo massasi kirib kelishi ortidan Xokkaydo, Toxoku va Xokuriku hududlarida qor yog‘ishi kuchaygan. Ayrim tog‘li joylarda bir sutka ichida 50 santimetrdan ortiq qor yog‘ishi kutilgan. Xokkaydoning Sapporo shahrida esa mavsumning eng kuchli qor yog‘ishi kuzatilib, qor qatlami 15 santimetrga yetgan.

Qor yog‘ishi nafaqat kundalik hayotga, balki transport qatnoviga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. 21 noyabr kuni Fukusima prefekturasidagi Kitashiobara qishlog‘ining Urabandai hududida kuchli qor sabab daraxtlar yo‘llarga qulagan va elektr uzatish tarmoqlariga zarar yetgan. Natijada qariyb 1 400 kishi, jumladan, mehmonxona va boshqa turar joylarda bo‘lgan 500 ga yaqin sayyoh hududda vaqtincha qolib ketgan. Taxminan 700 ta xonadonda elektr ta’minoti uzilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?