Foto: Shutterstock
Isroil Turkiya bilan toʻgʻridan toʻgʻri qarama-qarshilikka tayyorlanishi lozim. Yahudiy davlatining Nagel qoʻmitasi tegishli hisobotini e'lon qildi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.
Hukumat tomonidan tashkil etilgan qoʻmita Turkiyaning Usmonlilar davridagi ta'sirini tiklash ambitsiyalari Isroil bilan keskinlikni kuchaytirishi, ehtimol, mojaroga olib kelishi mumkinligidan xavotirda. Hisobotda Suriya fraktsiyalari Turkiya bilan birgalikda Isroil xavfsizligiga yangi va kuchli tahdid tugʻdirishi mumkinligi ta'kidlangan.
Suriyadan kelib chiqayotgan tahdid Eron tahdididan ham xavfliroq narsaga aylanishi mumkin, deyiladi hisobotda.
Qoʻmitaning bahosi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻonning mintaqadagi tobora qat'iy siyosati fonida e'lon qilindi. Ba'zi tahlilchilar buni Isroil manfaatlariga zid deb hisoblaydi.
Mojaroga tayyorgarlik uchun chaqiruv
Nagel qoʻmitasi 6 yanvar kuni bosh vazir Binyamin Netanyaxu, mudofaa vaziri Isroil Kas va moliya vaziri Bezalel Smotrichga paydo boʻlayotgan tahdidlarni bartaraf etish boʻyicha kompleks strategiyani belgilab bergan holda oʻz tavsiyalarini taqdim etdi.
Qoʻmita tahdidlarni hal qilish uchun kelgusi 5 yil ichida mudofaa byudjetini yiliga 15 milliard shekelgacha oshirishni taklif qiladi.
"Biz Yaqin Sharqda tub oʻzgarishlarga guvoh boʻlmoqdamiz. Eron uzoq vaqtdan beri bizning eng katta tahdidimiz boʻlib kelgan, ammo maydonga yangi kuchlar kirib kelmoqda va biz kutilmagan holatlarga tayyor boʻlishimiz kerak. Ushbu hisobot bizga Isroil kelajagini ta'minlash uchun yoʻl xaritasini taqdim etadi", deydi Netanyaxu.
Harbiy salohiyatni mustahkamlash
Turkiya bilan ehtimoliy qarama-qarshilikka tayyorgarlik koʻrish uchun qoʻmita quyidagi choralarni tavsiya qilgan:
◊ Ilgʻor qurollar: Isroilning uzoq masofaga zarba berish qobiliyatini kuchaytirish maqsadida qoʻshimcha F-15 qiruvchi samolyotlari, yonilgʻi quyuvchi samolyotlar, dronlar va sun'iy yoʻldoshlarni xarid qilish.
◊ Havo hujumidan mudofaa tizimlari: Koʻp qatlamli havo mudofaasini mustahkamlash, jumladan, “Temir gumbaz” (Irone Dome), David’s Sling, Arrow tizimlari va yangi ishga tushirilgan lazerga asoslangan “Temir nur” (Iron Beam) mudofaa tizimini takomillashtirish.
◊ Chegara xavfsizligi: Iordaniya vodiysi boʻylab mustahkam xavfsizlik devori qurish. Bu Iordaniya bilan potentsial diplomatik oqibatlarga qaramasdan, Isroilning himoya strategiyasida jiddiy oʻzgarishni anglatadi.
♦ Turkiya va Isroil aloqalari
Noyabr oyida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon yahudiy davlati bilan diplomatik aloqalar uzilganini e'lon qildi. Siyosatchi Anqara kelajakda Tel Aviv bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun hech qanday qadam tashlamasligini qoʻshimcha qildi.
May oyi boshida Turkiya Savdo vazirligi Isroil bilan savdo-sotiqni toʻliq toʻxtatganini ma'lum qilgandi. Bungacha Anqara 54 ta kichik guruh tovarlari eksportini cheklagan.
Mart oyida Turkiya prezidenti Gʻazodagi vaziyat haqida gapirgan, u Yaqin Sharqda sodir boʻlayotgan voqeani genotsid deb atagan. 2023 yil dekabr oyida esa Turkiya va Isroil etakchilari bir-birini keskin tanqid qilgan. Erdoʻgʻon Netanyaxuni Gitlerga qiyoslagan, Isroil bosh vaziri bunga quyidagicha munosabat bildirgan.
“Kurdlarga qarshi genotsidni amalga oshirayotgan, qamoqqa olingan va oʻz boshqaruviga qarshi chiqqan jurnalistlar soni boʻyicha jahon rekordini oʻrnatgan Erdoʻgʻonning bizga aql oʻrgatishga haqqi yoʻq”, degandi Netanyaxu.
Bungacha Turkiya prezidenti BMTni muomalaga layoqatsiz tashkilot deb atagan va uning tuzilmasini oʻzgartirishga chaqirgandi. 2023 yilning kuzida Gʻazodagi voqealar tufayli Turkiya Isroildagi elchisini chaqirib olgan. 2024 yilning iyul oyi oxirida Erdoʻgʻon Turkiya bir paytlar Togʻli Qorabogʻ va Liviyaga qanday kirgan boʻlsa, Isroilga ham shunday kirishi mumkinligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Evropa Trampning keskin bayonotlaridan xavotirga tushmoqda
Xitoy raisi nima uchun mashhur iqtisodchini jazolashni buyurdi?
Kurskka hujum koʻlami qanday va undan maqsad nima?
Rossiya Zaporojega havo zarbalari yoʻlladi: qurbonlar bor (foto, video)
Tramp garovga olinganlar 20 yanvargacha ozod qilinmasa, HAMASga “jahannam” va'da qildi
Italiyadagi qishloqlardan birining aholisiga kasal boʻlish taqiqlandi
Rossiya Trampning Kanada va Grenlandiya haqidagi bayonotlariga qanday munosabat bildirdi?
Misrda oʻquvchilar oʻqituvchi ayolni yoqib yubordi (video)