14:44 / 08.01.2025
131

BAA Gʻazo sektoridagi boshqaruvni Isroil va AQSh bilan muhokama qildi

BAA Gʻazo sektoridagi boshqaruvni Isroil va AQSh bilan muhokama qildi
Foto: Mohammed Fayq Abu Mostafa / Reuters
Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Isroil va Qoʻshma Shtatlar bilan Isroil qoʻshinlari olib chiqib ketilganidan keyin va Falastin milliy ma'muriyati toʻliq nazoratni oʻz qoʻliga olmaguncha, Gʻazo sektorini vaqtinchalik boshqarishda ishtirok etish masalasini muhokama qildi. Bu haqda 7 yanvar, seshanba kuni oʻnlab xorijiy diplomatlar va Gʻarb rasmiylariga tayanib, Reuters xabar berdi.

BAA AQShning xavfsizlik boʻyicha yaqin hamkori boʻlib, Isroil bilan diplomatik aloqalarni davom ettirib, bosh vazir Binyamin Netanyahu hukumatiga ma'lum darajada ta'sir koʻrsatadi, deya ta'kidladi agentlik.

Uning manbalariga koʻra, parda ortidagi muzokaralar davomida Abu-Dabidagi siyosatchilar mustaqil Falastin davlati doirasida Gʻazo sektori, Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddus ustidan doimiy nazoratni ta'minlash uchun Falastin milliy ma'muriyatini isloh qilish tarafdori boʻlgan.

«BAA Falastin ma'muriyatini jiddiy isloh qilish, uning vakolatlarini kengaytirish va Falastin davlatini yaratish boʻyicha ishonchli yoʻl xaritasini ishlab chiqishni oʻz ichiga olmagan hech qanday rejada ishtirok etmaydi», dedi Birlashgan Arab Amirliklari vakili. Uning fikricha, bu elementlar hozir yoʻq, lekin u Gʻazodagi janglar tugaganidan keyin har qanday rejaning muvaffaqiyati uchun zarur.

OAV: Isroil «Hizbulloh» bilan uzoq muddatli sulh tuzmoqchi

Isroil Qoʻshma Shtatlar koʻmagida ayni paytda Livanning «Hizbulloh» harakati bilan noyabr oyi oxirida kelishilgan 60 kunlik oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvini uzaytirishga harakat qilmoqda, deya xabar beradi Isroil matbuoti. «AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning lavozimga kirishishidan olti kun oʻtib, 26 yanvarda 60 kun tugasa-da, Bayden ma'muriyati rasmiylari muammolarni hal qilishga va kelgusi ikki hafta ichida oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvining buzilishiga yoʻl qoʻymaslikka harakat qilmoqda», — deb yozdi 5 yanvar kuni kechqurun The Jerusalem Post gazetasi Isroil hukumati vakilidan olingan ma'lumotlarga tayanib.

Gazetaning manbasiga koʻra, gap sulhni yana 30 kunga uzaytirishga urinish haqida ketmoqda. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu shu kuni ertalab xavfsizlik boʻyicha maslahatchilari bilan keyingi harakatlarni muhokama etish uchun yigʻilish oʻtkazdi, deb yozadi The Jerusalem Post.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo