Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Grenlandiya haqidagi bayonotlaridan soʻng Evropa davlatlarini uygʻonishga chaqirgan.
Makron Evropa oʻz xavfsizligi va raqobatbardoshligini yanada faolroq kuchaytirishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro Parijda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan qoʻshma matbuot anjumanida aytib oʻtdi.
Barro Trampning soʻzlarini sharhlar ekan, bu dunyo “kuchlining ustunligi” davriga kirganidan dalolat berishini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, shuning uchun ham Fransiya soʻnggi etti yil davomida Evropaning mudofaa, savdo va raqobatbardoshlik sohalarida mustahkamlanishiga faol yordam bermoqda.
"Ammo endi biz oʻz pozitsiyalarimiz va manfaatlarimizni himoya qilish uchun ancha oldinga borishimiz kerak. Prezident bizga Evropa uygʻonishi kerakligini aytdi", - dedi Barro.
Shu bilan birga, u Tramp orolga harbiy bosqin uyushtirishiga shubha bildirdi.
Oʻz navbatida, AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Grenlandiyaning AQShga qoʻshilishi gʻoyasini "yomon" deb atadi va bu amalda amalga oshirilmasligiga ishonch bildirdi. Shu munosabat bilan u mazkur masalani muhokama qilishni zarur deb hisoblamaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron generalining Suriyadagi “jiddiy strategik magʻlubiyat” haqidagi bayonoti
Tramp ham xuddi Putindek qoʻshnilarning erlariga koʻz olaytirmoqda
Kanada, Daniya va Panamadagilar Trampning hududiy da'volari boʻyicha qanday fikrda?
Panama va Daniya Trampning hududiy da'volariga qanday javob qaytardi?
AQSh Netanyahuni himoya qilish uchun misli koʻrilmagan chora koʻrmoqchi
«Zamonaviy Don Kixot»: Tramp shamol parraklariga qarshi
Pavel Durov Mark Tsukerbergning yaqinda bergan bayonotiga qanday javlb qaytardi?
Trampning Grenlandiyani oʻzlashtirish maqsadi: Orol AQSh uchun nega bunchalik muhim?