89
Rossiya harbiy razvedkasi Afgʻonistonda AQSh askarlarini oʻldirish uchun toliblarga pul toʻlagan(mi?)
Foto: Mohammad Asif Khan / AP
Rossiya harbiy razvedkasi (Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabining Bosh boshqarmasi, sobiq GRU) 2021 yilning oʻrtalarigacha Afgʻonistonda joylashgan xalqaro koalitsiya qoʻshinlari harbiylarini oʻldirish uchun Afgʻonistondagi guruhlarga yillar davomida pul toʻlab kelgan. Bu haqda The Insider va Germaniyaning Der Spiegel jurnali 8 yanvar, chorshanba kuni chop etgan surishtiruvda aytiladi.
Afgʻoniston hukumatining sobiq amaldorlari, jumladan Milliy xavfsizlik boshqarmasidan boʻlganlar jurnalistlarga AQSh va koalitsiya askarlariga hujumlar 2016-2019 yillarda sodir boʻlganini aytdi. Nashrlarning yozishicha, har bir halok boʻlgan askar uchun mukofot jami 200 ming dollarni tashkil etgan, GRU esa "Tolibon"ga kamida 30 million dollar toʻlagan.
Surishtiruv ma'lumotlariga koʻra, pullarni qunduzlik sobiq kontrabandachi Rahmatulla Aziziy boshchiligidagi kurerlar olib oʻtgan. Jurnalistlar Aziziy 2019 yildan beri Moskvada yashayotganini va Rahim Ahmadov nomiga berilgan Rossiya pasportiga ega ekanligini aniqladi. Bu hujjatning raqami Solsberida sobiq agent Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani "Novichok" moddasi bilan zaharlagan Anatoliy Chepiga (Ruslan Boshirov) pasport raqamidan bor-yoʻgʻi ikki raqamga farq qiladi.
Afgʻon kurerlariga Rossiyadan boshpana berildi
«Rossiya razvedka xizmatlari «Tolibon» jangchilari va boshqa guruhlarga pul oʻtkazish uchun qimmatbaho toshlar savdosi bilan shugʻullanuvchi kompaniya sifatida koʻringan afgʻon kurerlari tarmogʻini saqlashgan. Oʻz missiyasini yakunlab, kurerlar Rossiya hujjatlari va Rossiyadan boshpana olishdi», deb yozadi The Insider.
Nashrning yozishicha, afgʻon jangarilarining rossiyalik kuratorlari «Skripalni zaharlash va Evropada qoʻporuvchilik qilish bilan tanilgan» 29155-harbiy qism ofitserlari boʻlgan. Surishtiruvchilarning aytishicha, terrorizmni moliyalashtirish dasturi rahbari 29155-boʻlinma komandiri oʻrinbosari general-leytenant Ivan Kasyanenko, GRUning Tolibon bilan asosiy aloqasi esa Aleksey Titov nomidagi pasport bilan parvoz qiladigan polkovnik Aleksey Arxipovdir.
Surishtiruv ma'lumotlariga koʻra, kurerlik tarmogʻidagi ba'zi afgʻonlar qochqinlar niqobi ostida Evropa Ittifoqiga kirishgan. Der Spiegel nashriga koʻra, ulardan kamida ikki nafari Germaniyadan boshpana soʻrab murojaat qilgan va ularga rad javobi berilgan, biroq ular mamlakatda yashashni davom ettirmoqda.
The Insider tomonidan aniqlangan ma'lumotlarga koʻra, «Rossiyaning turli isyonchi guruhlarni markaziy hukumat va Amerika tuzumiga qarshi qoʻzgʻatish dasturi "Tolibon"ga pul toʻlash dasturidan koʻra ancha uzoqroq davom etgan». “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron generalining Suriyadagi “jiddiy strategik magʻlubiyat” haqidagi bayonoti
Tramp ham xuddi Putindek qoʻshnilarning erlariga koʻz olaytirmoqda
Kanada, Daniya va Panamadagilar Trampning hududiy da'volari boʻyicha qanday fikrda?
Panama va Daniya Trampning hududiy da'volariga qanday javob qaytardi?
AQSh Netanyahuni himoya qilish uchun misli koʻrilmagan chora koʻrmoqchi
«Zamonaviy Don Kixot»: Tramp shamol parraklariga qarshi
Pavel Durov Mark Tsukerbergning yaqinda bergan bayonotiga qanday javlb qaytardi?
Trampning Grenlandiyani oʻzlashtirish maqsadi: Orol AQSh uchun nega bunchalik muhim?