Foto: Getty Images
Germaniya va Fransiya 8 yanvar kuni Donald Trampni “suveren chegaralar”ga tahdid solishdan ogohlantirdi. Bu ogohlantirish AQShning saylangan prezidenti Grenlandiyani harbiy yoʻl bilan egallash imkoniyatini rad etmaganidan soʻng e'lon qilindi.
Germaniya kansleri Olaf Sholsning ta'kidlashicha, chegaralarning buzilmasligi printsipi “har bir mamlakatga, u sharqda yoki gʻarbda joylashganidan qat'i nazar, tatbiq etiladi”. Bu tamoyilga har bir davlat, “kichik yoki qudratli boʻlishidan qat'i nazar”, rioya qilishi kerak.
Germaniya hukumatining rasmiy vakili Shteffen Xebeshtrayt ham ”chegaralar kuch bilan koʻchirilmasligi kerak” degan “qat'iy tamoyil” amal qilishini eslatdi.
Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barroning ta'kidlashicha, Evropa ittifoqi “boshqa mamlakatlarga, ular kim boʻlishidan qat'i nazar, oʻz suveren chegaralariga hujum qilishga ruxsat bermaydi”.
Agar siz mendan “AQSh Grenlandiyaga bostirib kirishni rejalashtiryaptimi?” deb soʻrasangiz, javob salbiy boʻladi, dedi u.
Vazir, shuningdek, “eng kuchlining qonuni” qaytadigan davr boshlanganini ta'kidladi
“Biz uygʻonishimiz va harbiy jihatdan oʻzimizni mustahkamlashimiz kerak”, dedi Barro. U Qoʻshma Shtatlarni “tabiatan imperialistik emas” deb atadi. Biroq Fransiya hukumati vakili Sofi Primas Trampning izohlarida “imperializm shakli” borligini aytdi.
Fransiya tashqi ishlar vaziri Grenlandiyani Evropa hududiga tegishli ekanini aytdi. Qayd etilishicha, Daniya qirolligiga qarashli boʻlgan Grenlandiya 1985 yilda avtonomiya olganidan soʻng Evropa ittifoqidan chiqib ketgan.
Trampning tahdidlari
2024 yil dekabr oyining oxirida Donald Tramp bir necha bayonotlarida AQShning Panama kanali va Grenlandiya ustidan nazoratni oʻrnatishi “Amerika milliy xavfsizligi” masalasi ekanini ta'kidlagan. 7 yanvarda oʻtkazilgan matbuot anjumanida u Panama kanali va Grenlandiyani qoʻlga kiritish uchun harbiy yoki iqtisodiy bosim oʻtkazish ehtimolini rad etmagan. Shuningdek, Tramp Kanadaga AQSh tarkibiga qoʻshilishni taklif qilgan.
Daniya hukumati dekabr oyida Grenlandiya mudofaasiga ajratiladigan mablagʻni kamida 1,5 milliard dollarga oshirishini e'lon qildi. Bundan tashqari, qirollik oʻzining rasmiy gerbini oʻzgartirib, unda Grenlandiya va Farer orollari ramzlarini kattalashtirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp ham xuddi Putindek qoʻshnilarning erlariga koʻz olaytirmoqda
Kanada, Daniya va Panamadagilar Trampning hududiy da'volari boʻyicha qanday fikrda?
Panama va Daniya Trampning hududiy da'volariga qanday javob qaytardi?
AQSh Netanyahuni himoya qilish uchun misli koʻrilmagan chora koʻrmoqchi
«Zamonaviy Don Kixot»: Tramp shamol parraklariga qarshi
Pavel Durov Mark Tsukerbergning yaqinda bergan bayonotiga qanday javlb qaytardi?
Trampning Grenlandiyani oʻzlashtirish maqsadi: Orol AQSh uchun nega bunchalik muhim?
Donald Tramp: «Ukrainada urush boshlanishi – Baydenning aybi»