15:15 / 09.01.2025
57

«Zamonaviy Don Kixot»: Tramp shamol parraklariga qarshi

«Zamonaviy Don Kixot»: Tramp shamol parraklariga qarshi
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp ikkinchi muddati davomida shamol stantsiyalari qurilishiga qarshi qattiq kurashmoqchi, deb xabar berdi Energy Connects portali.

U Oq uyga kirgan ilk kuniyoq shamol parraklari qurilishiga qarshi farmonni imzolamoqchi. Shamol energetikasiga milliardlab dollar sarmoya tikilgan loyihalar taqdiri savol ostida qoladi.

«Biz shunday siyosat yuritamizki, unda bittayam shamol zavodi (stantsiyasi) qurilishiga ruxsat berilmaydi», — dedi Tramp Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida oʻtkazilgan matbuot anjumanida.

Trampning fikricha, shamol elektr stantsiyalari oʻta qimmat va atrof-muhitga serziyon energiya manbaidir. Siyosatchi soʻziga isbot qilib Nyu-Jersi sohillaridagi 200 ta shamol turbinasini keltirdi: «Ular mamlakatimizni ifloslantirmoqda. Ularga hech kimga kerak emas va ular juda qimmat».

Donald Tramp shamol parraklarini azaldan yoqtirmaydi. Masalan, u Shotlandiyadagi oʻziga qarashli golf maydoniga koʻrinib turadigan joyda shamol stantsiyasi qurilishiga qarshi kurashganida shamol parraklari «saraton xastaligini keltirib chiqaradi», degandi.

«Tramp mamlakatimizning elektrga ehtiyoji nechogʻliq darajadaligini tushunmaydi, oʻziga tegishli erlarda shamol parraklarining koʻrinib turishini yoqtirmaydi, shuning uchun ham shamol enegetikasiga qarshi», — dedi Oregon shtatilik demokrat-senator Ron Uayden.

Eslatib oʻtamiz, Gavayi shtatida yangi qurilish qoidalari joriy etilganidan soʻng ayrim shamol parraklari faoliyatini toʻxtatish rejalashtirilgan. Mahalliy aholi bosh ogʻrigʻi, uyqusizlik va yurak xuruji kabi kasalliklar koʻpayib ketganidan shikoyat qila boshlagach yangi qoidalar qabul qilingan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo