Foto: Reuters
Livan parlamenti ikkinchi turdagi saylovda mamlakat qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni Jozef Aunni prezidentlik lavozimiga sayladi, deb xabar bermoqda CNN.
2022 yil oktyabr oyida Livanning sobiq prezidenti Mishel Aunning vakolati tugaganidan soʻng mamlakatdagi prezidentlik lavozimi ikki yildan ortiq vaqt mobaynida boʻsh qolgan edi. Bugungi kungacha Livanning yangi prezidentini saylashga 12 marta muvaffaqiyatsiz urinishlar boʻlib oʻtgan.
Ovoz berishning birinchi bosqichi joriy yilning 9 yanvar kuni ertalab oʻtkazilgan, ammo Jozef Aun gʻalaba uchun zarur boʻlgan 128 ovozdan 86 tasini toʻplay olmagan. Ikkinchi turda esa u 99 ta ovozni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan.
CNN qayd etishicha, Aunni AQSh va Saudiya Arabistoni qoʻllab-quvvatlaydi.
Ovoz berish natijasi Isroil bilan urushdan keyin “Hizbulloh” ta'sirining zaiflashganini koʻrsatdi, deb yozadi Reuters.
Agentlikning qoʻshimcha qilishicha, Aunning saylanishi Saudiya Arabistoni ta'sirining mamlakatda qayta tiklanishi va Eron ta'sirining zaiflashishidan dalolatdir. Bloomberg nashri ham Aunning gʻalabasi Eron ta'sirining pasayishini anglatishi haqida yozgan.
Aunning ikkinchi turdagi gʻalabasi uni “Hizbulloh” parlamenti a'zolari qoʻllab-quvvatlagandan soʻng yuzaga keldi. Birinchi turda ular ovoz berishda betaraf qolishgan edi.
Livan siyosiy doiralaridagi manbalarga koʻra, ovoz berish arafasida Gʻarb va bir qancha arab davlatlari vakillari Aunning saylanishiga koʻmaklashish maqsadida Livan rasmiylari bilan aloqalarni faollashtirgan. BBC’ga koʻra, 8 yanvar kuni Fransiya va Saudiya Arabistoni elchilari Livan siyosatchilari guruhi bilan uchrashgan.
60 yoshli Aun Livan armiyasini 2017 yil mart oyidan beri boshqargan va 2024 yil yanvar oyida iste'foga chiqishi kerak edi, ammo uning vakolatlari “Hizbulloh” va Isroil oʻrtasidagi urush tufayli ikki marta uzaytirilgan.
Associated Press tahlilchilariga koʻra, Aun tayinlagan Livanning yangi hukumati jiddiy muammolarga duch kelishi kutilmoqda, chunki mamlakat bir necha yillardan beri iqtisodiy inqiroz holatida. Mamlakat rahbarlari 2022 yilda Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bilan moliyaviy yordam paketi boʻyicha dastlabki kelishuvga erishishgan, ammo XVJ bilan bitim tuzish uchun zarur boʻlgan islohotlarning oz miqdorini amalga oshirishga muvaffaq boʻlgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bashar Asadning rafiqasi Britaniya razvedkasiga ishlaganlikda gumonlanmoqda
Netanyaxu Trampning inauguratsiyasida qatnashishdan bosh tortdi
Britaniya TIV rahbari Ukraina urushi qachon tugashi mumkinligini aytdi
Germaniyada sobiq vazirning yuziga tort uloqtirishdi
Manba: Kreml urush tugagach Belarusni oʻziga qoʻshib olmoqchi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti metapnevmovirus yuzasidan bayonot berdi
Eron generalining Suriyadagi “jiddiy strategik magʻlubiyat” haqidagi bayonoti
Tramp ham xuddi Putindek qoʻshnilarning erlariga koʻz olaytirmoqda