Foto: Politico
Belgiya bosh vaziri Aleksandr de Kroo ofisining xodimi 22 noyabr kuni zaharli modda ta'sirida shifoxonaga yotqizilgani ma'lum boʻldi.
Qayd etilishicha, ushbu modda bosh vazir qarorgohiga olib kelingan qogʻoz maktub ichidan chiqqan. Shu kabi maktublardan yana bir nechtasi 20 noyabrdan 9 dekabrga qadar Belgiya IIV binosidan topilgan.
«U maktubni ochgan va jabr koʻrgan. Shundan keyin uni shifoxonaga olib borishgan. Boshqa hech kimga zarar etmadi… Hozir hamkasbimiz oʻzini yaxshi his qilmoqda. Yana shu kabi yangi holatlar yuz bermasligi uchun xavfsizlik choralariga qat'iy rioya qilindi», — deydi Belgiya bosh vazirining matbuot kotibi Barend Leyts.
Belgiya prokuraturasining Le Soir nashriga ma'lum qilishicha, bosh vazir ofisi va IIV binosidan topilgan maktublar ichidagi zaharli modda strixnin boʻlgan. U organizmga tushsa, oʻlimga olib kelishi mumkin. Prokuraturga koʻra, zaharga tegingan xodimlarning qoʻli kuygan.
Tergov davom etmoqda, ehtimoliy gumonlanuvchilardan hech biri topilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp jamoasi Ukrainadagi mojaroni qanday hal qilmoqchi?
Ukraina qurolli kuchlari yollanma askarlar armiyasiga aylandi
Hisobot: Ukraina magʻlubiyati AQShga qimmatga tushadi
Tramp butun materikni egallamoqchi: hamma hayratda
Kaliforniyada dahshatli oʻrmon yongʻinlari: mashhurlarning uylari yonib ketmoqda
Bashar Asadning rafiqasi Britaniya razvedkasiga ishlaganlikda gumonlanmoqda
Netanyaxu Trampning inauguratsiyasida qatnashishdan bosh tortdi
Britaniya TIV rahbari Ukraina urushi qachon tugashi mumkinligini aytdi