Kollaj: X
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Oqtovdagi aviahalokatda Rossiya vakillarini ayblagani ortidan rus siyosatchisi Vladimir Karasev prezidentni haqorat qildi. Ozarbayjonning Moskvadagi elchixonasi buni keskin qoraladi. Bu haqda Minval xabar berdi.
Ozarbayjon elchixonasi diplomatik kanallar orqali Rossiya tomoniga prezident Ilhom Aliyevga nisbatan haqoratli soʻzlarga yoʻl qoʻyilmasligini bildirdi. Elchixona Rossiya tomonini kelgusida buni takrorlamaslikka chaqirdi.
“Biz vaziyatni kuzatishda davom etmoqdamiz”, deyiladi elchixona bayonotida.
Karasev Ozarbayjon prezidentining aviahalokat uchun javobgarlikni Rossiya vakillariga yuklagan soʻzlariga keskin munosabat bildirgandi. U oʻzining Telegram kanalida Aliyevning bayonoti haqidagi xabarni repost qilib, unga behayo soʻzlar bilan izoh qoldirgan.
Shundan keyin siyosatchi Ozarbayjon prezidentini haqorat qilmagani, balki uni ispan tilidagi “pedir” fe'lidan kelib chiqqan “pidas” soʻzi bilan ataganini ta'kidlagan.
“Ispaniyada talablar qoʻyadigan, shartlar belgilaydigan yoki faol ravishda iltimos qiladigan shaxslarni pidaslar va pedirlar deb atashadi. Shuning uchun, mening mamlakatim haqida ogʻiz ochadigan va biror narsani talab qilishga jur'at etadigan har qanday kishi — shubhasiz pidas va pedir hisoblanadi!” deb yozdi Karasev oʻzining Telegram kanalida.
Kreml munosabati
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov rus siyosatchisining soʻzlaridan bexabar ekanini da'vo qildi.
“Albatta, Rossiya davlatining tashqi siyosati Rossiya prezidenti tomonidan shakllantiriladi va belgilanadi hamda Tashqi ishlar vazirligi va boshqa idoralar tomonidan Tashqi ishlar vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi. Mana shunga e'tibor qaratish kerak”, dedi Peskov.
Ozarbayjonning aviahalokat yuzasidan Rossiyaga talablari
Ilhom Aliyev Azerbaijan Airlines samolyoti qulashi munosabati bilan Rossiyaga uchta talab qoʻygan.
“Birinchidan, Rossiya tomoni Ozarbayjondan kechirim soʻrashi kerak. Ikkinchidan, oʻz aybini tan olishi kerak. Uchinchidan, aybdorlar jazolanishi, jinoiy javobgarlikka tortilishi va Ozarbayjon davlati, jabrlangan yoʻlovchilar va ekipaj a'zolariga kompensatsiya toʻlanishi lozim. Bu bizning shartlarimiz. Ulardan birinchisi kecha taqdim etilgandi. Umid qilamanki, boshqa shartlarimiz ham qabul qilinadi”, degan Aliyev.
Soʻnggi ma'lumotlarga koʻra, Braziliya Oqtovda qulab tushgan Ozarbayjonning Embraer 190 samolyotining qora qutilarini rasshifrovka qilishni yakunlagan. Materialni braziliyalik uch nafar tergovchi, shuningdek, Ozarbayjon va Rossiya mutaxassislari tahlil qilgan.
Oqtovdagi aviahalokat
Bokudan Grozniyga J28243 reysini amalga oshirayotgan Embraer 190 samolyoti 25 dekabr kuni ertalab Qozogʻistonning Oqtov shahri yaqinida halokatga uchradi. Dispetcherlar Grozniy va Maxachqal'ada qoʻnishni rad etganidan keyin layner majburiy qoʻnishni amalga oshirishga urindi. Oqtov aeroportiga bir necha kilometr qolganda u qulab tushdi, portlab, yonib ketdi.
Burun qismi toʻliq yongan, dum qismida esa omon qolganlar boʻlgan. Kamida 29 nafar tirik qolgan yoʻlovchi aynan shu qismda boʻlgan. Azerbaijan Airlines samolyoti qulashi oqibatida 38 kishi halok boʻlgan. Qulagan samolyot koʻzdan kechirilganda teshiklar aniqlangan. Shunga asoslanib, samolyotni Chechenistonga dron hujumini qaytargan havo hujumidan mudofaa tizimi oʻqqa tutgan boʻlishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Germaniya kansleri Ukrainaga beriladigan 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi
Eron generali: “Rossiya Asadning dushmanlari oʻrniga Suriyadagi boʻsh sahroni bombardimon qilgan”
Ijtimoiy tarmoqlarda Bashar Asadning ayoli haqida uzunquloq gap tarqaldi
Britaniya 3 mingga yaqin oʻzbekistonlikni ish bilan ta'minlaydi
Tramp Putin u bilan uchrashmoqchi ekanini aytdi (video)
Zelenskiy ikkinchi muddatga prezidentlikka saylanishga qaror qildi