17:30 / 10.01.2025
15

Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi

Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Foto: “RIA Novosti”
Kurskda qora niqob taqqan, bolgʻa bilan qurollangan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi. Bu haqda Kursk viloyati gubernatori Aleksandr Xinshteyn ma'lum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, maktab qorovuli “negadir oʻsmirni toʻxtata olmagan”.

U binoga yugurib kirib, yoʻlakdagi bitta oynani sindirgan. Shundan soʻng, ta'qiblarga qaramay, toʻsiqsiz koʻchaga otilib chiqqan va bir vaqtning oʻzida old eshik oynasini bolgʻa bilan sindirgan. Qochib ketayotib ikkita pichoq va bir shisha yonuvchi suyuqlik solingan sumkani uloqtirib yuborgan. Butun hodisa 2 daqiqadan koʻproq vaqtni oldi", deydi Xinshteyn.

Oʻsmir keyinroq qoʻlga olingan. Xinshteynning soʻzlariga koʻra, qoʻlga olingan shaxs boshqa maktab oʻquvchisi boʻlib, “54-sonli maktabda oʻqiydigan oʻquvchi qiz bilan oʻzaro munosabatda” boʻlgan.

Chelyabinskdagi hodisa

16 sentyabr kuni Rossiyaning Chelyabinsk shahridagi 68-maktabda bolgʻa bilan qurollangan oʻsmir oʻquvchi va oʻqituvchilarga hujum qilgandi.

Hodisa oqibatida toʻrt kishi jarohatlangan, ular orasida bir nafar oʻqituvchi ham bor. Hujum sodir etgan 7-sinf oʻquvchisi oʻziga ham jarohat etkazgan. U huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qoʻlga olinib, tergovga tortilgan.

Xorvatiyadagi maktabga uyushtirilgan hujum

20 dekabr kuni Xorvatiya poytaxti Zagrebning Prechko tumanidagi maktabga hujum uyushtirildi. Pichoq bilan qurollangan oʻsmir maktabga bostirib kirib, etti nafar oʻquvchi va oʻqituvchini yaraladi.

HRT telekanali ma'lumotlariga koʻra, hujum qilgan shaxs oʻsha maktab oʻquvchisi boʻlgan. Telekanalning ta'kidlashicha, jarohat olgan oʻquvchilardan biri vafot etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo