09:11 / 11.01.2025
9

Putin va Tramp qachon uchrashishi mumkin?

Putin va Tramp qachon uchrashishi mumkin?
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Amerikaning yangi prezidenti Donald Trampning muloqotiga tayyorgarlikni AQShning saylangan prezidenti lavozimini bajarishga kirishganidan keyin boshlash mumkin. Bu haqda Kreml vakili Dmitriy Peskov ma'lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.

Ikki tomonning uchrashuvga tayyorligidan kelib chiqamiz, biroq, chamasi, janob Tramp Oval kabinetga kirgandan soʻng qandaydir harakatlar boʻladi”, - dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi.

Peskov Moskva Trampning Putin bilan muloqot qilish istagini olqishlashini ta'kidladi.

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya va AQSh prezidentlarining muzokaralari uchun hech qanday dastlabki shartlar talab qilinmaydi, har ikki tomonning istagi va muloqot qilish uchun siyosiy iroda darkor, xolos.

Peskov Rossiya rahbari xalqaro etakchilar, jumladan, AQSh prezidenti bilan muloqot qilishga tayyorlishini bir necha marta takrorlaganini eslatdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo